Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Qulining qulidan narsa so‘ramagan odam


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Qulining qulidan narsa so‘ramagan odam
(Ibratli hikoya)
Bir boy puli ko‘pligi uchun maqtanib, olim odamga shunday 
debdi:
– Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!
– Yo‘q, – debdi olim. – Men qulimning qulidan narsa 
so‘ramayman!
– Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darg‘azab bo‘libdi boy. 
Olim javob beribdi:
Nafs mening qulim, sen esa nafsning qulisan!..
Foydali nasihatlar
1. O‘zi poku ko‘zi pokni inson desa bo‘ladi.
2. Halol pokiza kishi doim xotirjamu 
tinchlikdadir. Birovga xiyonat qiladigan kishi esa 
halokatga giriftordir.
3. Halollik-poklik zehn va idrokni keng va o‘tkir 
qiladi. Xalq orasida e’tiboru shuhratga sabab bo‘ladi.
4. Harom oz bo‘lsa ham zarari ko‘pdir.


– 228 –
KIYINISH ODOBI 
Nima uchun kiyim kiyiladi?
olalar, nima uchun kiyim kiyiladi, bilasizlarmi? Kiyim 
kiyishdan uch narsani maqsad qilinadi: 
1. Uyat a’zolarni bekitish;
2. Issiq va sovuqdan saqlanish;
3. Odamlarga chiroyli ko‘rinish.
Inson har kuni uyqudan ko‘zini ochib, Yaratganga shukr qiladi. 
Shundan so‘ng eng birinchi qiladigan ish – kiyimlarni kiyish. Uyqu 
vaqtidagi yupqa kiyim bilan odamlarga ko‘rinish odobdan emas. 
Yana bizdan sog‘ligimizni saqlash ham talab qilinadi. Shuning 
uchun biz issiqqa va sovuqqa moslab kiyinamiz.
Chiroyli va ozoda kiyinish ham maqtalgan sifatlardandir. 
Kiyimning sodda bo‘lishi ham yaxshi fazilat.
Kiyim kiyish va echish odoblari
1) Kiyinish paytidagi odoblar.
1. Kiyim kiyishda “bismilloh”, deb aytish;
2. O‘ng tomondan boshlab kiyish;
3. Kiyimni shoshilmasdan kiyish. Agar shoshilsang, kiyimni 
teskari kiyishing yoki tugmalarini uzib yuborishing, yangi 
libosingni tez eskirtib qo‘yishing mumkin. Shu sabab libosni 
avaylab kiyish kerak.
2) Kiyim echishdagi odoblar.
Kiyim echayotganda ham “bismilloh” deyiladi va chap 
tomondan boshlab echiladi. Echilgan kiyimlar chiroyli qilib taxlab 
qo‘yiladi. Kiyim qo‘yiladigan joy odamning ko‘zi tushmaydigan, 
masalan, shkaf ichida bo‘lgani afzal. Shunda kiyimlar toza saqlanib


– 229 –
ularga chang yuqmaydi. O‘g‘il bolalalarning ba’zi kiyimlari 
(ko‘ylak, kostyum, ustki kiyimlar) vaqtinchaga ko‘z tushadigan 
erda turishi mumkin. Ammo shim, shalvor va ichki kiyimlarni ko‘z 
tushmaydigan erga qo‘yish kerak. Qizlarning kiyimlari odamlarning 
ko‘zi tushmaydigan pana joyda turadi. O‘g‘il bolalarning kiyimiga 
aralashmaydi. 
Odobsiz bolaning kiyim echishini ko‘rganmisiz? U ko‘chadan 
kelsa, kiyimlarini echib, duch kelgan erga uloqtiradi. Ertasiga 
maktabga ketayotganda kiyimlarini topa olmaydi. Chunki echgan 
joyini esidan chiqarib qo‘ygan bo‘ladi. Ba’zida u ichdan kiyadigan 
yupqa kiyim bilan ko‘chaga chiqib, hammaga kulgi bo‘ladi...

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling