– 232 –
Ustki kiyimlar
alto, kurtka, chopon, kostyum yoki shimga o‘xshash
kiyimlar ustki kiyimlardir. Ularni ehtiyot qilib kiyish lozim.
Ko‘chada yurganda kiyimni nopok
narsalar tegishdan saqlash
kerak. Ko‘chadan kelganda uyga kirishdan avval ustki kiyimlarga
bir qarab olish kerak. Agar chang o‘tirgan bo‘lsa, qoqib tozalanadi.
Agar qish fasli bo‘lsa, kiyimga yopishib qolgan qorlar tushirib
yuboriladi. Shundan keyin uyga kiriladi.
Uyga kirgach, qalinroq
kiyimlarni
eshik oldida echiladi, so‘ng o‘z o‘rniga qo‘yiladi. Duch
kelgan tomonga uloqtirilmaydi. Shunda ular toza saqlanadi. Ba’zi
bolalar ko‘chada toza kiyim bilan iflos joyga o‘tirib oladilar. Hech
ikkilanmay erga dumalaydilar. Bunaqada kiyim kir bo‘lib ketadi
va tez yirtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: