Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Ahmadning yaxshi ishi
(Ibratli hikoya) ovuq qish kuni. Maktabga ketayotgan Ahmad yo‘lda bir kambag‘al bolani uchratib qoldi. Bu nochor bolaning ustida paltosi yo‘q edi. Yirtiq etigidan suv o‘tib ketgani ham kunday ravshan bo‘lib ko‘rinib turgandi. Ahmad uning ahvoli yaxshi emasligini sezib, o‘zida unga nisbatan achinish va g‘am his qildi. Oilasining ahvoli yaxshi bo‘lmasada, Ahmad muxtojlarga yordam berishni kechiktirmasdi. Ahmad bu nochor kambag‘al bolaning ortidan keta boshladi. Bolaning o‘zi o‘qiydigan maktabga kirib ketganini ko‘rganida ajablandi. Oldin maktabda bu bolani ko‘rganini eslay olmadi. Unga qanday yordam berish haqida o‘ylay boshladi, ammo bir ta- yinli fikr kelmadi. Agar unga o‘zining ikki yildan beri kiyib yurgan poyafzalini bersa, o‘rniga o‘zi nima kiyishini bilmasdi. Tanaffus paytida bu nochor bola bilan uchrashib unga dedi: “Men sen bilan do‘stlashmoqchiman”. Bir pasda unga o‘rganib qoldi. Bechora bolaning otasi bir necha yil avval vafot qilib, u onasi va ikki ukasi bilan yashar ekan. Bu tumanga yaqinda ko‘chib kelishgan ekan. Ahmad yonidan bir- ikkita somsa chiqarib uni bola bilan bo‘lishib edi. Kechqurun otasiga dedi: “O‘qituvchimiz bizga uy vazifasi berib, kambag‘al kishilarga yordam berish yo‘lini izlab topishimizni buyurdilar. Shunda otasi unga kambag‘allarga yordam berish yo‘llari haqida tushuntirib berdi. Kelgusi kuni maktabga chiqqanida to‘ppa-to‘g‘ri muhtojlarga yordam beradigan tashkilot tomon ketdi. U erda bir istarasi issiq insonga o‘zining kambag‘al va muxtoj do‘sti haqida gapirib berdi va unga yordam berish niyatida ekanligini aytdi. Toza qalbli bu inson Ahmadning ishidan juda xursand bo‘ldi. Uni maqtadi. O‘rtog‘ining turar joyini bilib berishini so‘radi. Shunday qilib, Ahmad bir nochor bolaga yordam berishlariga sababchi bo‘ldi. Zero, savobli ishga yo‘llovchi uni qiluvchi kabi savobga ega bo‘ladi. – 235 – Demak, aziz bolalar, biz yaxshi ishlarni qilishga shoshilishimiz, agar bu ezgu ishlar qo‘limizdan kelmasa, uni amalga oshira oladigan kishilarga aytib, yaxshilik qilinishiga sababchi bo‘lishimiz kerak. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling