Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Sochiq, tish cho‘tka va ko‘rpa-yostiqlar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Sochiq, tish cho‘tka va ko‘rpa-yostiqlar
1. Sochiq, tish cho‘tka. Har bir bolaning sochiq va tish 
cho‘tkasi alohida bo‘ladi. Bularni hammomning ichida tayinli 
joyga qo‘yiladi. Yaxshi bola yuz-qo‘llarini va tishlarini har kuni 
bir necha marta yuvadi. Tish cho‘tkani ishlatib bo‘lib, yana yuvib 
qo‘yish kerak. Sochiqni ham tez-tez yuvish lozim. Agar tez-tez 
yuvib turilmasa, u hidlanib qoladi.
2. Ko‘rpa-yostiq va choyshab. Uyquga yotilganda yuz ko‘rpa-
yostiq va choyshablarga tegib turadi. Choyshabni va yostiq 
jildlarini o‘z vaqtida yuvib turiladi. Agar ular toza bo‘lsa, nafas 
olganda havo ichga toza holda kiradi. Kitob va o‘yinchoqlarni 
ko‘rpa, yostiq va choyshablar orasiga qo‘yish durust emas. 
Kiyimlar ham ulardan alohida turishi kerak. Odobli bola uyqudan 
turgandan keyin ko‘rpa-to‘shaklarini yig‘ishtirib, ularni chiroyli 
qilib taxlab qo‘yadi.
3. Karavot, stol-stullar. Har bir bola o‘zi yotadigan karavot 
changlarini artib turishga odatlani-shi kerak. Ko‘p bolalarga uyda 
dars qilishlari uchun alohida stol-stullar ajratib berilgan. Yaxshi 
bola-lar o‘z stol-stullarini artib turadi, ular ustiga har xil bo‘yoqlar 
bilan chizmaydilar. Stolning ustini doimo tartibli tutadilar. Uning 
ustiga chiqib o‘ynamaydilar. Dars tayyorlaydigan stolda ovqat 
emaydilar.
Texnik jihozlar va o‘yinchoqlar
1. Kompyuter, disk, magnitofon, pleyer, tele-fonlar. Ba’zi 
bolalarning otalari “bolam tezroq va ko‘proq ilm olsin” deb 
qimmat turadigan zamonaviy apparatlarni olib berishadi. Bunday 
apparatlarni ehtiyot qilinmasa, tezda buzilib, ishdan chiqib qolishi 
mumkin. Shuning uchun ularni qadrlash kerak. Kompyuter kabi 
texnika asboblarni ishlatib bo‘lgach, albatta tokdan o‘chiriladi. 
Ertasiga yoqqanda yaxshi ishlaydi. Apparatlar ustini tez-tez 
artib turish kerak. Artganda spirt yoki maxsus modda ishlatiladi. 
Shunda ularga chang tushmaydi. Apparatda changlar yig‘ilib 
qolsa, u buzilib qolishi mumkin.


– 238 –
2. O‘yinchoqlar. Boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan ba’zi 
bolalarga ota-onasi o‘yinchoq olib beradi. Shu o‘yinchoqlarni 
uyda qo‘yiladigan alohida joy bo‘lishi kerak. Ba’zi bolalar 
o‘yinchoqlarini kiyimlari ichiga tashlab qo‘yadi yoki kitob-
daftarlar bilan aralash-quralash qilib tashlaydi. Bunaqada 
o‘yinchoqlar kirlanadi yoki sinadi. Kitob daftarlar ham o‘yinchoq 
tegib titilib qoladi. O‘yinchoqlarni ham tez-tez artib turish kerak. 
Ularni otib yuborish va sindirish durust emas. Chunki ota-onasi 
unga peshana teri bilan topadigan ish haqi hisobidan sotib olgan. 
Shuning uchun uni qadrlab, avaylab foydalanish kerak. Dars 
paytida o‘yinchoq o‘ynash noto‘g‘ri. Balki darsini to‘liq tayyorlab 
bo‘lgach, biroz oz o‘ynab, charchog‘ini ketkazish bola uchun 
foydalidir.


– 239 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling