Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Sen ota-onangga qanday yaxshilik qila olasan?


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Sen ota-onangga qanday yaxshilik qila olasan?
1. Ey farzand! Ota-onangga itoat qil, yaxshi ko‘r va nasihatlariga 
amal qil.
2. Ular oldida odob bilan o‘tir, sening huzuringga kelsalar, 
o‘rningdan tur va ularning ovozidan ovozingni baland ko‘tarma.
3. Ota-onang quvvatli vaqtlarida ular xursand bo‘ladigan 
ishlarni qil. Agar quvvatlari ketib ishga yaroqsiz bo‘lib qolsalar, 
zimmangdagi haqlarini ado etish uchun muhtoj bo‘ladigan barcha 
narsalarda ularga yordam ber.
4. Ular senga qattiqlik qilsalar, ularga qo‘pol gapirma. Chunki 
faqat sening foydangni xohlashadi.


– 251 –
5. Ertalab turganingda va kechqurun yotishingdan oldin, ularni 
ko‘rganingda salom ber.
6. Ularni g‘azablantiradigan amallardan yiroq bo‘l. Ko‘proq 
umr ko‘rishlarini yaxshi ko‘r va shuni orzu qil. Chunki ular ham 
sening salomat bo‘lishingni va umring uzun bo‘lishini orzu 
qilardilar.
7. Ular biron ish buyurganlarida zinhor “uf”, dema.
8. Chaqirganlarida “labbay”, deb tezda huzurlariga etib bor.
9. Ularga ozor etishiga sababchi bo‘lma. Ya’ni, bolalar bilan 
urishma va ularning ota-onalarini so‘kma. Aks holda o‘sha yomon 
bolalar ham sening ota-onangni so‘kadilar.
Bolalar lug‘ati
Labbay – birov chaqirganda beriladigan javob 
(aslida “labbay” so‘zi “mana, huzuringdaman” 
ma’nosini anglatadi).
Uf – biron narsadan shikoyat va ranjishni ifodalaydi 
(aslida “uf” so‘zi “sendan bezorman”, “jonimga 
tegding”, ma’nosini anglatadi. Shu sabab bu so‘zni zinhor tilga 
olmaslik kerak. Ayniqsa ota-onamiz oldida “uf” demasligimiz 
lozim).
Ota-onaga yaxshilik qilish
y farzand, atrofingga qara va ota-onalarning o‘z 
farzandlariga qilgan ishlari haqida o‘ylab ko‘r. Ana shunda 
ota-onang seni tarbiyalash va kasal bo‘lganingda davolatishda 
boshlaridan kechirgan qiyinchiliklarni bilib olasan.
Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘targan vaqtida qancha-qancha 
og‘riqlarni tortib, qancha-qancha mashaq 
qatlarni boshidan 
o‘tkazdi. Seni emizish, yuvib tarash, issiq-sovuqdan seni himoya 
qilishda u bechora kecha va kunduzlarni qiyinchilikda o‘tkazdi.
Sen ulg‘aygach, senga qanday emaklash, qanday yurish, qanday 
eyish va ichish, qanday gapirish, barcha-barchasini o‘rgatdi. U har 
kuni sen uchun taom va choy tayyorlaydi. Kiyimlaringni yuvib, 


– 252 –
yotishing uchun joy soladi. U seni ko‘rib ko‘zi quvonadi, qalbi 
shodlanib orzu-umidlarga cho‘madi.
Otang esa ishlab Alloh bergan rizqni topish uchun har kuni 
uyidan chiqib ketadi. Sening rohatingni o‘ylab qiynaladi, mehnat 
qiladi. Sening eyishing, ichishing, kiyinishing, turar joying va 
ta’lim olishing uchun ko‘proq pul topishga harakat qiladi. U seni 
yaxshi ko‘radi va seni hayotingda yutuqlarga erishib, muvaffaqiyat 
qozonib yashashingni ko‘rishidan ham ko‘proq biron narsani 
yaxshi ko‘rmaydi. Shuning uchun sen ota-onangga itoat etib, 
ularga yaxshilik qilishing kerak.
Ota-onaga yaxshilik qilishning avvali ularga itoatli bo‘lishdir. 
Chunki ular bolalarini zararli narsaga buyurmaydi. Agar ota-
onang kasal bo‘lib qolsalar, ularni davola, agar ojizlanib kambag‘al 
bo‘lib qolsalar, ularga puldan yordam qil. Odamlar ota-onangni 
so‘kmasin desang, sen ularning ota-onalarini so‘kma. Ularga 
muloyimlik bilan gapir. Ularning so‘zidan siqilma. Agar tirik 
bo‘lishsa, ularga uzoq umr so‘rab, vafot etgan bo‘lsalar, rahmat 
so‘rab ularning haqqiga duo qil. Bu tarbiya qilganliklari va 
yoshligingda mehribon bo‘lganliklari evaziga sendan ularga 
mukofot bo‘ladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling