Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Foydali nasihatlar
1. O‘zing ham, moling ham otangnikidir.
2. “Ota-onasini hurmat qilgan kishining umri 
uzun bo‘ladi”.
3. “Haqiqiy farzand har bir sohada o‘z otasining 
hukmiga bo‘ysunadi”.
4. O‘g‘il dono bo‘lsa, ota rohat topibdi.
5. Otaning xatosi uchun tanbeh beruvchi bo‘lma.
Ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi
ta-ona uchun farzandining chiroyli xulqi va odobi 
muhimdir. Odobli bolaning ota-onasi kambag‘al bo‘lsa 
ham hech ayb emas. Chunki har bir narsa Yaratganning xohish-


– 253 –
irodasiga bog‘liq. Ota-onasining faqirligini ayb sanash, buni 
o‘zlariga aytib, taqdiridan nolish juda katta xatodir.
Ey farzand, sening ota-onang hayot ekan, sog‘-salomat ekan, 
ularning qadriga et, yashab turganini g‘animat bil. Shuni unutmaki, 
ota-onaning kambag‘alligi ayb emas. Aslida farzandning 
odobsizligi nihoyatda katta aybdir. Odobsiz bolaning ota-onasi 
boy, martabali yoki olim bo‘lsa ham odamlar e’tiborida bo‘lmaydi. 
Unday bola ota-ona sha’niga isnod keltiradi. Farzandi tufayli 
obro‘’-e’tibordan qolgan ota-ona kasallikka chalinadi, vaqtidan 
erta qariydi, umri qisqaradi.
Odobli bolaning ota-onasi faqir va kambag‘al bo‘lsa ham 
bolasi tufayli qadrli va hurmatli bo‘ladi. El-yurt orasida hurmatda
izzatda bo‘lgan ota-onaning sog‘lig‘i yaxshi, ruhi tetik bo‘ladi. 
Tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘rinadi, umri uzayadi. Shuning 
uchun sen odobli va yaxshi bola bo‘lishing kerak. Shunda ota-
onangni hurmat etib, ularni xursand qilgan va qadrlariga etgan 
bo‘lasan. Zero, ota-onang o‘rnini hech kim bosolmaydi.
Farzand ota-onadan doim qarzdor
ziz bolajonlar, shuni bilinglarki, atrofingizdagi bolalar, 
o‘rta va katta yoshdagi kishilar marhamatli va shafqatli 
bo‘lishlari mumkin. Ammo hech bir kishi sizlarga ota-onangizdek 
sadoqatli bo‘lolmaydi, hech kim ota-onangizdek xizmat yo‘lida 
mashaqqat chekmagan. Ota-onangiz hamisha sizlarning barkamol 
va solih bo‘lishingizni xohlaydilar.
Ota-onangiz sizlarni parvarish qilishda issiq-sovuqqa 
chalintirmay, sog‘-salomat, odobli va ilmli bo‘lishingizda chekkan 
mashaqqatlarini, tortgan kulfatlarini, o‘zi emasa ham sizlarga 
edirib-ichirganini unutmang. Hamisha ularning roziligi yo‘lida 
xizmat va hurmatlarini joyiga qo‘ying. Shuni unutmangki
ota-onangizning sizlardan umidi katta. Ular sizlarni qadrli va 
hurmatli, ulug‘ kishilar bo‘lishingizni hamisha umid bilan kutib 
turadilar. Shunday ekan, fursatni qo‘ldan boy bermang. Har soat 
va kunni g‘animat bilib, ota-onangiz ko‘nglini ko‘tarish, xursand 


– 254 –
qilish harakatida bo‘ling. Zaif va nimjon vaqtingizda ota-onangiz 
tarbiyalari tufayli sizlar odamga aylandingiz va o‘sib voyaga 
etdingiz. Shunday ekan, ota-onaga buning evaziga doim yaxshilik 
qilib, ularning duolarini olish kerak.
Aziz bolalar, ota-ona diydorini g‘animat biling. Bugun ota-
onamiz oldimizda, belimizga quvvat, g‘am va xursandchiligimizga 
sherik bo‘lib turishibdi. Shunday ekan, ularni qadriga etish kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling