Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

O‘quvchining maktabdagi odobi
y farzand, maktab sening ikkinchi uying. Sen u joyda ta’lim-
tarbiya olasan, o‘quvchi do‘stlaring va o‘qituvchilaring 
bilan bir oiladek yashaysan. Sen maktabda yaxshi o‘qishing va 
doim xursand holda yurishing uchun quyidagi nasihatlarga amal 
qilishing kerak:
1. Uyqudan erta tur. Shunda nonushta qilish, toza kiyimlaringni 
kiyish, kitob va o‘quv qurollaringni olishga, shuningdek, o‘z 
vaqtida maktabga borishga ulgurasan.
2. Do‘stlaring bilan samimiy ko‘rish. Birinchi bo‘lib ularga salom 
ber va har birini o‘z ismlari bilan chaqir, ularga laqab qo‘yma. 
Maktabda hamma vaqt o‘z ishing bilan mashg‘ul bo‘l. Umringni 
va oltindan ham qimmat vaqtingni behuda o‘tkazma. Biron ishni 
bahona qilib maktabdan ko‘chaga chiqib ketishni o‘ylama, keraksiz 
so‘zlarni gapirishdan tiyil.
3. Safda turganingda va sinfga ketayotganingda shovqin qilib 
gapirma.
4. O‘qituvchi sinfga kirganda unga salom ber. Keyin jim quloq 
solib o‘tir.
5. Savol yoki javob bermoqchi bo‘lsang, o‘ng qo‘lingni ko‘tar. 
Agar o‘qituvchi senga ruxsat bersa, o‘rningdan turib javob ber.
6. Ovozingni baland ko‘tarib shovqin qilma. Har bir dars 
oralig‘idagi qisqa tanaffusda sinfdan chiqib ketib qolma.
7. Katta tanaffusda esa o‘rtoqlaring bilan sog‘ligingga va 
axloqingga zarar bermaydigan o‘yinlarni o‘yna. Xatarli o‘yinlarni 
o‘ynama. Ovozingni baland ko‘tarib baqirma. Biron kishini 
so‘kma yoki u yomon ko‘radigan laqab bilan chaqirma.
Maktabda o‘zingdan kattalarga hurmatda, kichiklarga esa 
izzatda bo‘l. Kattalarni faqat ulardan qo‘rqqaning uchun hurmat 
qilma. Balki yoshi sendan ulug‘ligi, ilmi va tajribasi ko‘proqligi 
sabab ularga hurmat bajo keltir. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga 


– 246 –
zo‘ravonlik qilishdan saqlan. Chunki ularga ziyon keltirish odobli 
va mard bolalarning ishi emas.
8. Senga yordam bergan o‘rtoqlaringga va maktab ishchilariga 
rahmat ayt. Chunki bu odobing go‘zalligiga dalolat qiladi va senga 
nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi.
9. O‘quv qurollaringni ehtiyot qil, ularni toza tut va kitob 
javoningga tartib bilan qo‘y. Shunda kerak paytda ularni olishing 
oson bo‘ladi.
Sinfdoshlaringga tegishli o‘quv qurollari va boshqa narsalarga 
so‘ramasdan tegma, ularning jihoz va buyumlarini titma. Zero, bu 
o‘g‘rilikka yo‘l ochishi mumkin. Biron narsa kerak bo‘lib qolsa, uni 
egasidan so‘rab ol va ishlatib bo‘lishing bilan darrov qaytarib ber. 
Biron narsani qaytarib berishga olib, undan keyin o‘zingnikidek 
foydalanib yurishdan juda ehtiyot bo‘l!
10. Maktabni va undagi jihozlarni xuddi o‘z uyingni va undagi 
jihozlarni ehtiyot qilganingdek ehtiyot qil. Devorlarga chizib-
yozma, suv jo‘mraklarini ochiq qoldirma, deraza oynalarini 
sindirma va partani qalam bilan bo‘yama.
11. Senga berilgan har bir topshiriqni o‘z vaqtida bajar. Bugungi 
ishni ertaga qoldirma. Chunki har bir kunda qilinadigan ishlar 
bor. Birini keyingi kunga qoldirsang, barcha ishlaring orqaga 
surilib ketaveradi.
12. Maktabdan odamlar sendan rozi bo‘lgan holda qaytgin. 
Shunda Alloh sendan rozi bo‘ladi va senga hayotingda salomatlik 
va barakalar beradi.
Maktabdan chiqib to‘g‘ri uyga bor. Odobsiz bolalarga o‘xshab 
o‘qish tugaganidan keyin turli o‘yinlar o‘ynab, ko‘cha-ko‘ylarda 
sandiroqlab, tentirab yurma.
Maktabdan qaytgach, kitob-daftar va kerakli narsalaringni 
tartib bilan aniq joyga qo‘y. Ularni duch kelgan joyga tashlab 
ketma. Shunda maktabga ketayotganda yoki dars tayyorlamoqchi 
bo‘lganingda, “daftarim qani, kitobimni kim oldi”, deb ota-onang 
yoki aka-ukalaringdan so‘rab bezor qilmaysan. Maktabdan 
kelgach, ovqatlanib, biroz xordiq chiqargach, uyga berilgan 
vazifalarni bajar, mashqlarni bajar va o‘z ustingda tinmay mehnat 


– 247 –
qil. Faqat maktab darslari bilangina cheklanib qolma. Qo‘shimcha 
adabiyotlar va badiiy asarlar mutolaasiga ham vaqt ajrat. Zero, 
bular sening dunyoqarashing kengayishi va biliming ko‘payishiga 
sabab bo‘ladi.
Ey farzand, shuni unutmaki, odob bolaning eng chiroyli 
libosidir. Qara, agar maktabdagi biron o‘rtog‘ing chiroyli kiyimlar 
kiyib olgan bo‘lsayu, ammo o‘zi dangasa, ishyoqmas, hamma bilan 
urushib yuradigan, so‘kinadigan odobsiz bo‘lsa, uning kiygan 
kiyimiga kim e’tibor beradi? Libosi uchun kim uni yaxshi bola 
deya oladi? Aksincha, biron bola o‘rtacha kiyim kiygan bo‘lsayu, 
ammo o‘zi a’lochi, odobli va hammaga hurmat bilan muomalada 
bo‘lsa, uning kiyimi juda chiroyli bo‘lmasa ham, barcha uni yaxshi 
va odobli o‘quvchi deya tilga oladi. Demak, eng birinchi o‘rinda 
maktabda ham, umuman har qanday joyda odobli bo‘lishga 
harakat qilish kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling