Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
UY VA XONALARNI OZODA SAQLASH
Rohat va tarbiya maskani olalar har kuni maktabga borishsa, kattalar ishga yo‘l olishadi. Maktab va ishdan bo‘shagandan keyin hamma uyga qaytib keladi. Hamma o‘z uyini juda yaxshi ko‘radi. Chunki katta odam ham, kichkina bola ham boshqa erdan ko‘ra o‘z uyida o‘zini erkinroq his etadi. Uy rohat maskani. Odam o‘z uyida bo‘lganda bemalol dam oladi, uxlab, hordiq chiqaradi. Ertangi kun uchun kuch-quvvat to‘playdi. Inson o‘z uyida хordiq chiqarib, charchog‘ini unutadi. Yana aytish mumkinki, uy o‘ziga xos tarbiya maskani. Ota-onalar uyda bolalariga chiroyli tarbiya berib, ularga odob-axloqni o‘rgatadilar. Bolalar ham uyda o‘zlarini erkin his etib, dars qiladi, kitob o‘qiydi, ba’zi hollarda uy ishlarida kattalarga qarashadi. Shunday qilib, har bir inson umrining ko‘p qismi uyda o‘tadi. Uy osoyishtaligi bebaho ne’mat. Bunday ne’mat qadriga etib, uni asrab-avaylash kerak. Aqlli va iymonli kishilar uyi va xonalarini toza tutib, unga kir-chirni yaqinlashtirmaydi. Chunki ozoda va sarishtali hovli-joyda baraka va rohat bo‘ladi. Mehmonxona zbek xonadonlarida eng yaxshi xonalardan birini tashrif buyuradigan mehmon uchun alohida jihozlab, bezab qo‘yiladi. Mehmonxona chiroyli va ozoda bo‘lishi lozim. Nima uchun? Buning ikkita sababi bor. Biror mehmon kelib qolsa, uning oldida xijolat bo‘lmaysiz. Qolaversa, saranjom-sarishtali va pokiza uy mehmon ko‘nglini ko‘taradi va bemalol dam oladi. Mehmonxonaning bu tariqa – 240 – pokiza va chiroyli bo‘lishi mehmon hurmati uchun qilinadi. Mehmonxonaga chiroyli gilam va palos solinadi. Zamonaviy mehmonxonalarda divan-kreslo va stol-stullar qo‘yish odat tusini olgan. Yoki yumshoq ko‘rpachalar to‘shab qo‘yiladi. Ayrim mehmonxonalarda kitob javoniga turli kitoblar terib qo‘yilganini ko‘ramiz. Ba’zi hollarda devorga daraxtlar va gullar, tog‘lar va daryolar kabi chiroyli tasvirlar bilan bezatiladi. Ammo uyga jonli hayvon yoki jonzotlar suratini osish yoki rassomga chizdirish aslo joiz emas. Iymon-e’tiqodli kishilar o‘z mehmonxonasi devoriga ko‘zmunchoq, isiriq va tumor kabi bachkana narsalarni ilib qo‘ymaydi. Mehmonxonada o‘yinchoqlar va kiyimlar ham turmaydi. Odatda uyni sarishta tutish va jihozlashga ayollar va qizlar ko‘proq e’tibor beradilar. Ular derazalarga qanday parda osishdan tortib, tuvaklarda qaysi gullarni o‘stirish lozimligini yaxshi biladilar. Ammo o‘g‘il bolalar hamma ishni onalari va singillariga tashlab qo‘yib, bir chekkada qarab turmaydilar. Ular ham uy ishlariga qarashib yuborishlari kerak. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling