Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq qiyimlari
Ko‘ylak va ichki kiyimlar
o‘ylak uyda ham, ko‘chada ham kiyib yuriladigan doimiy libos. Shuning uchun u tez kir bo‘ladi. Ko‘ylakning eng ko‘p kir bo‘ladigan qismi yoqasi va engi. Demak, ko‘ylakning yoqa va engini tez-tez tekshirib turish kerak. Agar kirlangan bo‘lsa, yuvdirish va dazmollatish lozim. Bolalar ovqat eyotganda ehtiyot bo‘lsinlar. Ba’zi bolalar ovqatni xuddi birov eb qo‘yadigandek shoshib eganlaridan ko‘ylaklariga to‘kib, oqizib yuboradilar. Yana ba’zi bolalar beadabligi bois ovqatni eb, qo‘lini kiyimiga artadilar. Bunaqada kiyim dog‘ bo‘lib qoladi, uni yuvsa ham ketmaydi. Ichki kiyimlar. Ichki kiyimlar (mayka, ichki ishton) odamning badaniga bevosita tegib turadi. Shuning uchun ularning toza bo‘lishi juda muhim. Ichki kiyim boshqalarga ko‘rinmaydi. Har bir bola o‘zining ichki kiyimlarini tekshirib turishi kerak. Sal kirlangan bo‘lsa, almashtirish lozim. Bolalar hojat ushatganda ehtiyot bo‘lishlari zarur. Chunki bu paytda kiyimga najosat (siydik, axlat) tegsa, albatta yuvish shart. Nopok kiyimda yurish kishi sog‘lig‘iga zarardir. Agar ichki kiyimga e’tibor berilmasa, u hidlanib, biron-bir kasallikni yuzaga keltiradi. – 233 – Oyoq qiyimlari ufli, etik, shippak, sandal kabi oyoq kiyimlari ko‘chada va hovlida har xil erlarni bosib yuradi. Ularga chang, loy yoki najosat ilashib qolishi mumkin. Odobli bola yo‘lda yurganda nopok erlarni bosmaydi. Mabodo oyog‘iga biror iflos narsa tegib ketsa, darrov tozalaydi. Ko‘chadan qaytganda uyga kirishdan oldin oyoq kiyimlariga bir qarab oladi. Agar iflos narsa tekkaniga ko‘zi tushsa, oyog‘ini erga ishqalab tozalaydi. Yoki biror cho‘p bilan najosatni ketkazadi. Odobsiz bola loy, kir oyoq kiyimi bilan uyiga kirib ketaveradi va uyni iflos qilib qo‘yadi. Paypoq. Paypoq doimo poyabzal ichida va echib qo‘yilganda gilamga o‘xshash narsalar ustida bo‘ladi. Shuning uchun u tez kirlanadi. Bundan tashqari ba’zan oyoq paypoq ichida terlaydi. Oyoqdan chiqqan ter va hid paypoqqa o‘tadi va keyin undan atrofga badbo‘y hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun oyoqni ham, paypoqni ham tez-tez yuvib turish kerak. Dastro‘mol ydan tashqarida bo‘lganda ba’zida qo‘lni yoki og‘iz- burunni yuvishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘sha paytda yuvilgan a’zolarni artish uchun dastro‘mol yoki bir martalik salfetka ishlatiladi. Dastro‘mol cho‘ntakda olib yuriladigan narsa. U yuvilgan va taxlangan holatda bo‘lishi kerak. Aytaylik, siz avtobusda ketayapsiz, yoki ko‘pchilik bilan gaplashib o‘tiribsiz. Kutilmaganda aksirib qoldingiz. Nima qilasiz? – Bunaqa paytda burunni dastro‘mol yoki salfetka bilan to‘siladi, keyin unga artiladi. Ba’zi joylarda aksirganda va yo‘talganda og‘iz va burunni eng bilan to‘sish odati bor. Ba’zi bolalar dastro‘mol tutishni esdan chiqarib qo‘yishgan. Dastro‘molni ko‘rmaganlariga ancha bo‘lib ketgan. Bir martalik qog‘ozni ham bilishmaydi. Bu yaxshi emas. Odobli bola har safar ko‘chaga chiqib ketishdan avval dastro‘molni bir tekshiradi. Yo bo‘lmasa cho‘ntagiga bir marta ishlatiladigan salfetkadan bir necha dona solib oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling