Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chada yurish odobi
O‘qimagan bolaning oqibati
(Ibratli hikoya) ir o‘quvchi maktabga kech qolib keladigan odat chiqardi. O‘qituvchi esa kunning oxirida uni qamab qo‘yib jazolar edi. Darsga ko‘p kech qolavergach, uni haydab yuboradigan bo‘ldi. Natijada u uyda o‘qiganini tushunmaydigan bo‘lib qoldi. Chunki u uy vazifasi sharhini o‘qituvchisidan eshitmasdi. Sinfdoshlarining birontasidan so‘rasa, unga javob berishmas edi. Chunki u o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida odobsizligi bilan tanilgan edi. Ketma-ket ikki marta imtihondan yiqilgach, maktabdan haydaldi. Har safar otasi uni maktabga olib kelib qo‘ysa, axloqi yomonligi va darslarga yaxshi qatnamagani sababli uni haydab yuboraverishdi. To‘satdan otasi vafot etib, u butunlay maktabdan uzildi. Bir o‘zi qolib, yomon bolalarga qo‘shildi va ularning yo‘liga kirib ketdi. Onasi bir o‘zi tarbiyalay olmagani uchun uni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. Natijada o‘ziga egulik ham topa olmay qiynaldi va ko‘chalarda oyoq kiyimlarni moylab kun kechirishga majbur bo‘ldi. Har safar maktabni a’lo baholarga bitirgan sinfdoshlaridan – 248 – birontasini ko‘rib qolsa, ularga havas bilan qarab, vaqtini behuda ketkazganiga afsuslanardi. Ko‘chada yurish odobi y farzand, ko‘chada turli odamlar har xil ishlar bilan yuradi. Ba’zilari piyoda, ba’zisi mashinaga mingan, biri shoshilgan va boshqasi shoshmasdan sekin ketayotgan, ba’zilari katta yoshli bo‘lsa, boshqasi kichkina. Agar sen ularning orasida yursang, o‘zingni va boshqalarni yo‘l ozorlaridan saqla. Buning uchun sen quyidagi nasihatlarga quloq solishing kerak: 1. Tiqilinch ko‘chada ketayotganingda piyodalar yo‘lakcha- sidan yur. 2. Agar biron do‘sting yoki qarindoshingni ko‘rib qolsang va u bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsang, yo‘ldan chetroqqa o‘tib ko‘rish va yo‘l o‘rtasida u bilan uzoq turma. 3. Agar ko‘chada o‘rtoqlaring bilan ketayotgan bo‘lsang, eniga bir saf bo‘lib ko‘chani to‘ldirib olmanglar, chunki yo‘l yolg‘iz sizlar uchun emas. 4. Agar bir ojiz yoki zaif kishi yo‘ldan o‘tkazib qo‘yishni so‘rasa, darhol unga yordam ber. Buning savobi juda katta. Bu bechora bilan yurishga uyalma. 5. Ko‘chada ketayotganingda kitob o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lma, yon-atrofga ko‘p alanglama. Tijorat do‘konlari yoki o‘yingohlar oldida ko‘p turib qolma. 6. Yurganingda shoshilib tez ham yurma, juda sekin ham yurma, o‘rtacha yurgin va doimo oldingga qara. 7. Mashinaga yoki biron-bir ulovga mingan bo‘lsang ham yo‘lda ketayotganingda ovqat eyishing odobdan emas. 8. Yo‘lda yotgan toshni oyog‘ing bilan tepma va sotuv do‘konlari eshiklariga osib qo‘yilgan mollarni o‘ynama. 9. Agar sen velosiped yoki mashinada bo‘lsang, ko‘chaning o‘ng tomonidan yur. 10. Yurib ketayotgan tramvayga minishga yoki undan tushishga urinma. – 249 – 11. Agar yo‘ldan adashib qolsang yoki o‘rtog‘ing yashaydigan joyni bilmasang, odob bilan yon-atrofdagilardan so‘ra. 12. Agar biron kishiga bilmasdan ozor etkazib qo‘ysang, masalan, turtilib ketsang yoki yo‘lovchi qo‘lidan biron narsani tushirib yuborsang yoki uning oyoq kiyimini bosib olsang, muloyimlik bilan kechirim so‘ra. 13. O‘zing tanimaydigan odamning yuziga uzoq tikilib turma va nogironlarni masxara qilma. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling