Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Ustoz otangdek ulug‘!
ziz bolalar! Ustozni hurmat qilish sizning burchingizdir. Ba’zi kitoblarda ustozning haqqi ota-ona haqqidan keyin turishi aytilgan. Chunki ota-onangiz dunyoga kelishingizga sababchi bo‘lsa, ustozingiz, qadrli muallimingiz oq-qorani tanitadi, o‘qish, yozish va fikrlashga o‘rgatadi. Shunday ekan, bolalar, ustozni hurmat qilish va unga minnatdorlik izhor qilishimiz lozim. Ustozga hurmat bilan muomalada bo‘lish qatorida undan hol-avhol so‘rash, biron ish buyursa, darhol bajarish lozim. Shuningdek, kamtarona munosabatda bo‘lamiz, hech qachon ustozdan o‘zimizni katta tutmaymiz. Chunki uning yoshi, ilmi va tajribasi ham biznikidan ko‘proq. Shunday ekan, uni behurmat qilmaslik va ustozlik haqqini ado qilish talab etiladi. Ota-onamizga qilgan yaxshiliklarni albatta ustozimizga ham qilishimiz kerak. Bundan tashqari, ularga yaxshilik so‘rab duo qilishimiz, duolarini olishimiz va aytganlarini bee’tibor qoldirmay ado etishimiz lozim. Ba’zi yomon bolalar ustozlarini xafa qiladilar, aytganlarini vaqtida bajarmaydi, darsda o‘rtoqlari bilan gaplashib o‘tirib, muallim so‘ziga quloq tutmaydi. Aziz bolalar, unutmangki, ustozini xafa qilgan va uni ranjitgan bolalar hayotda yaxshilik ham, baraka ham topmaydi. Zero, biz ustozimizni hurmat qilib, undan ko‘p bilimlarni olsak, hayotda qoqilmaymiz. Ustozimiz biz uchun ma’rifat ziyosidir. Ustoz qadri katta hayot boshlab, biron kasb boshini tutib, yashay boshlagandan keyin bilinadi. Ana o‘shanda maktab davrida bilim olmagani, agar bilim olganida, ustozining pand- nasihatlariga quloq tutganida, yaxshiroq ishlarda ishlab, yaxshiroq pul topishi mumkinligiga afsuslanadi. Ammo endi kech bo‘lganini, hayotni orqaga qaytarib bo‘lmasligini bilib, o‘zidan-o‘zi xafa bo‘ladi. Ey farzand, senga ilm o‘rgatayotgan ustoz mehrini qozonish uchun quyidagilarga amal qilishing kerak: 1. Ustozingdan oldinda yurma. 2. Ustozing o‘rniga o‘tirma. 3. Ustozing oldida ruxsatsiz gapirma. – 260 – 4. Malol keladigan bo‘lsa, dars vaqtida ko‘p savol berma. 5. Dasrga kech kelma. 6. Ustozingni bezovta qilma. Hikoya qilinishicha, Imom Buxoriy bobomiz bir muddat Makkai mukarramada dars olishiga to‘g‘ri keladi. Bir ziyoratchi u zotning Buxoroi sharifdagi bir ustozidan salom va maktub keltirganida ustoz yurtidan kelganini bilib, u bilan quchoq ochib ko‘rishadi va unga hurmat bajo keltiradi. So‘ng salom xabarini eshitganida, Buxoroi sharif tomonga yuzlanib, salomga alik olib, ustozi haqiga duo qiladi. Keyin maktubni ikki qo‘llab olib, ehtirom bilan xatni o‘qiydi. Qarang bolalar, qanday ibratli voqea?! Demak, ustoz o‘zidan uzoq joyda bo‘lsa ham uning huzurida turgandek hurmat bajo keltirish va uni doim e’zozlash lozim ekan. Hikmat ir hakimdan: – Nima uchun ustozingni otangdan ham yaxshi ko‘rasan? – deb so‘raldi. – Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi, otam esa o‘tkinchi hayotimning sababchisidir! – deb javob qildi u. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling