Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Sadoqat – do‘stlik, birdamlik, samimiylik va  vafodorlik. Mukofot


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Sadoqat – do‘stlik, birdamlik, samimiylik va 
vafodorlik.
Mukofot – taqdirlash, rag‘batlantirish, sovg‘a, tortiq.
Ozor – aziyat, zarar, haqorat, azob, jabr.


– 271 –
Do‘st tanlash va ularni hurmat qilish
y farzand, sen o‘zing uchun yaxshi do‘st tanla. Zero, 
sen qanday bo‘lsang, do‘sting ham shunday bo‘ladi. 
Aksincha, do‘sting qanday bo‘lsa, sen ham unga o‘xshaysan. Shu 
sabab yaxshi va odobli bolalar bilan do‘stlashish kerak. Do‘stlikni 
mustahkamlash, uning uzoq davom etishi uchun esa do‘stlar bir-
biriga sodiq, hurmat ko‘rsatuvchi va bir-birining sirini saqlovchi, 
dushmanlardan himoya qiluvchi bo‘ladi. Do‘stlar xursandchilik 
kunlarida ham, xafalik kunlarida ham doim birga bo‘ladilar. Faqat 
xursandchilik kunlarida atrofida aylanib, qiyin vaqtlarda bir-
birlarini tark etish haqiqiy do‘stlik emas. Do‘stning qandayligi 
qiyin va og‘ir vaqtlarda bilinadi.
Ey farzand! Sen do‘sting bilan teng bo‘l, hech qachon o‘zingni 
undan baland qo‘yma, doim kamtarin bo‘l, o‘zingga ravo 
ko‘rgan narsani unga ham ilin. Ya’ni, o‘zing yaxshi ko‘radigan 
narsani do‘stingga ham ber. O‘zing yoqtirmaydigan narsani 
unga berma! Ko‘p yoru birodarlar, haqiqiy do‘stlar orttir. 
Chunki ularning odamga foydasi ko‘p. Chin do‘st tayanchdir. 
Kimning tayanchi bo‘lsa, o‘sha baquvvat hisoblanadi. Baquvvat 
kishining baxt va davlati mustahkam bo‘ladi. O‘ziga do‘st topa 
olmagan kishi odamlarning eng ojizidir. Bundan ham ojizi esa 
oldiniga biron do‘st topadi-yu, keyin uni ham yo‘qotib qo‘yadi. 
Sen doim yomon ish qiladigan, so‘zida turmaydigan va va’dasini 
bajarmaydigan odamni do‘st tutma. Chunki u arzimas narsani 
deb senga xiyonat qiladi. Sen yana yolg‘onchi bilan do‘st tutinma. 
U misoli sarobdir: yaqin narsani uzoq, uzoq narsani yaqin qilib 
ko‘rsatadi.
Yana bir maslahatim shuki, ahmoq bilan do‘st tutinma! Chunki 
u doim senga foyda o‘rniga zarar keltiradi. Shunday ekan do‘st 
tanlashda shoshilma, eng yaxshi, pokiza va qalbi oftobdek va 
odob-axloqli bolalarni o‘zingga do‘st qilib tanla.


– 272 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling