Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Odamlarning hurmati nima bilan o‘lchanadi?
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiroyli muomala - bola ziynati
Odamlarning hurmati nima bilan o‘lchanadi?
unyodagi barcha odamlar irqi, rangi, ko‘rinishi va kiyimidan qat’i nazar teng huquqlidir. Biri boshqasidan aslo ustun emas. Ammo ular ichida e’tiqodi kuchli, ilmli, odob- axloqlilari hurmatga sazovordirlar. Inson qadr-qiymati hech qachon mol-dunyo bilangina o‘lchanmasligi kerak. Chunki boylik doimiy emas, kishi o‘zi xohlamagan tarzda mol-mulkidan ayrilib qolishi mumkin. Yana boylik yomon va yovuz odamlarga ham berilishi mumkin. Shuning uchun faqat boyligini e’tiborda tutib, biron insonni yaxshi deb ayta olmaymiz. Ammo o‘zi odobli, diyonatli bo‘la turib, boy va saxiy bo‘lsa, bu juda yaxshi. Inson qadri yana tashqi ko‘rinish, chiroyga qarab belgilanmaydi. Bilamizki, tashqi ko‘rinish yosh o‘tgan sari o‘zgarib boradi. Yoshligida chiroyli bo‘lgan odam qariganida qadri tushib qolishi kerakmi? Yo‘q, kim yoshligida ham, qariganida ham odob-axloqli bo‘lsa, e’tiqodini mustahkam saqlasa, o‘sha kishi eng hurmatli odamdir. Agar uning boyligi va chiroyi bo‘lmasa ham. Biroq kimning boyligi, chiroyi, hashamatli uylari va farzandlari bo‘lsayu, o‘zi yomon, qo‘pol muomalali va pastkash bo‘lsa, hech qachon uni yaxshi inson deya olmaymiz. Bunday odamlarga boyligi va chiroyini deb yaxshi muomalada bo‘linadi, agar o‘sha narsalar undan ketsa, u hurmatini ham yo‘qotadi. Xulosa shuki, aziz bolajonlar, inson qadri boylik, chiroy va nasl-nasab bilan belgilanadi, deydiganlar qattiq adashadi va u fikri buzuq odam. Balki kim e’tiqodli, odob-axloqli va ilmli bo‘lsa, insonlardan yaxshiligini ayamasa, o‘sha eng yaxshi va eng hurmatlidir. – 263 – Chiroyli muomala - bola ziynati ziz bolajonlar, chiroyli muomala nimaligini bilasizlarmi? Chiroyli muomala sabr-toqat, odob va yumshoqlik bilan muomala qilish, birov yomonlik qilsa, kechirib, yaxshilik qilsa, unga rahmat aytish va ularga yordam berib, zararni ketkazishga harakat qilishdir. Chiroyli muomala ham so‘z, ham amal bilan bo‘ladi. Quyidagilar go‘zal muomala jumlasidandir: 1. Tijoratchilar bilan muomala qilganda omonatli bo‘lish. Ya’ni, yolg‘on gapirmaslik, xiyonat qilmaslik va ularga ochiq chehra bilan muomala qilishdir. 2. Hunarmand odamlar olgan buyurtmalarni puxta qilishi va va’da qilingan vaqtga rioya etishi kerak. 3. Tabib kasallarga muloyim muomalada bo‘lib, ularga g‘amxo‘rlik qilsin. 4. Bajarish vaqti etganda har kim o‘z zimmasidagi burchni kechiktirmasdan bajarsin, chunki bu narsa odamlar ko‘z oldida uning qadrini ko‘taradi. 5. O‘quvchi maktabda o‘rtoqlariga nisbatan odobli bo‘lishi, o‘zini katta tutmasligi va birontasiga ozor etkazmasligi kerak. 6. Har bir inson qo‘shnisiga nisbatan odobli bo‘lishi, uni hurmat qilishi, kasal bo‘lsa, uni borib ko‘rishi, agar ko‘rinmay qolsa, holidan xabar olishi, undan biron narsani qarz olgan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida qaytarib berib, bu yaxshiligi evaziga unga rahmat aytishi kerak. 7. Fikriga qarshi chiqqan odam bilan yumshoqlik va muloyimlik ila munozara qilsin. Chunki bu narsa uning qalbini yumshatadi. 8. Sen yomonlikni yaxshilik bilan daf qil. Chunki bu narsa dushmaningni do‘stga aylantiradi. Hadisi shariflarning birida: “Sizlarning menga eng suyuklirog‘ingiz eng axloqi go‘zalrog‘ingizdir”, - deyilgan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling