Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olim bo‘lgan cho‘pon
- Ziyorat qilish odobi
Nasihatlar
1. Qo‘lingdan yaxshilik kelmasa, yomonlik qilish dan ham tiyil. 2. Agar yaxshi gaping bo‘lmasa, tilingni bo‘hton va g‘iybat bilan bulg‘ama. – 264 – 3. Yaxshilik yo‘lida chekilgan mehnat erda qol maydi. 4. Biror kimsaga katta yaxshilik qilgan bo‘lsang ham, uni kichik deb bil, birov senga yaxshilik qilgan bo‘lsa, uni katta deb bil. Olim bo‘lgan cho‘pon (Ibratli hikoya) y farzand, sen pandu nasihatlarga quloq solsang va ulardan ibrat olsang, yaxshilab amal qilsang, diling doimo shod bo‘ladi, kundan-kunga o‘saverasan. Aytishlaricha, Luqmoni hakimnikiga bir guruh kishilar mehmon bo‘lib kelishdi. Undan hikmatga oid narsalar haqida so‘rashdi. Shunda kelganlardan biri: – Ey hakim, sen falon joyda cho‘ponlik qilgan kishi emasmisan? – deb so‘rab qoldi. – Ha, o‘sha cho‘ponman, – deb javob berdi Luqmon, – hozir ko‘rib turibsanki, hakimman. – Bu darajaga qanday erishding? – so‘radi u. Luqmoni hakim unga: – To‘g‘ri so‘zlash, odamlarga yaxshilik qilish, omonatga xiyonat qilmaslik, yolg‘on so‘zlamaslik, behuda gapirmaslik, musibat va qiyinchiliklarga mardona chidash va o‘zini kamtar tutish tufayli! – deb javob berdi. Ziyorat qilish odobi uhabbatni oshiradigan va do‘stlikni mustahkamlaydigan sabablardan biri bayramlar, dam olish kunlarida, safarga bormoqchi bo‘lganda yoki safardan kelganda, kasal bo‘lganda o‘zaro bir-birini qutlab, ziyorat qilib turishdir. Ziyorat qilishda rioya qilinadigan bir qancha odoblari bor. Jumladan: 1. Ziyorat qilish uchun munosib vaqt tanlagin. Bu uxlash, ovqatlanish yoki boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘linadigan vaqt bo‘lmasin. – 265 – 2. Borishi haqida oldindan xabar berish (bu aslo manmanlikka kirmaydi, “meni munosib kutishga harakat qilinglar”, degan ma’noni anglatmaydi. Balki ularni oldindan ogohlantirilsa, mezbonlar noqulay ahvolga tushib qolmaydilar). 3. Agar ziyorat uchun ma’lum vaqt tayin etilsa, unga rioya qil. Undan erta ham, kech ham borma. 4. Agar biron uyga kirmoqchi bo‘lsang, oldin uy egasidan ruxsat so‘ra. Agar uy egasi senga eng yaqin kishi bo‘lsa ham. 5. Uyga kirayotganda seni qarshi olayotgan kishiga salom ber. 6. Uyga kirayotganingda yo‘lingda duch kelgan narsalardan ko‘zingni erga qaratib o‘tgin. O‘tirgan paytingda uy jihozlari yoki derazalariga alanglab ko‘p qarama. Shuningdek, o‘zingga lozim ko‘rilgan joyda o‘tir. 7. Gapirayotganingda o‘rta ovoz bilan gapir. Foydali so‘zlar bilan cheklan. 8. Oldingga qo‘yilgan ovqatni yomonlama. 9. Uy egasining xursandligi yoki tashvishiga sherik bo‘l. Xursand vaqtlarida tabriklab, tashvish chekayotganida unga dalda bo‘l. 10. Uzoq o‘tirma. Chunki uy egasining boshqalar bilan ham va’dasi yoki qiladigan ishlari bordir. 11. Kasal ko‘rishga borganingda ham uzoq o‘tirma yoki ko‘p gapirib uni qiynab qo‘yma. Uning oldida faqat xursand va xotirjam qiladigan so‘zlarni gapir. 12. O‘zingdan zeriktirib qo‘yadigan darajada ko‘p ziyorat qilma. Yoki butunlay aloqani uzib qo‘yadigan darajada ziyoratni kamaytirib yuborma. 13. Seni ziyorat qilishga kelgan kishining yuziga ochiq tabassumli bo‘l. Uning oldiga mehmonlarga atalgan narsalardan qo‘y va ketayotganida uni eshikkacha kuzatib chiq. 14. Zimmangdagi vazifani bajarish va oradagi do‘stlikni saqlab qolish uchun ziyorat qilgan kishini sen ham ziyorat qilib tur. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling