Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/210
Sana12.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1263115
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   210
Bog'liq
бола одоби билан гузал

Har bir sohada tozalik muhimdir
ar bir sohada tozalikka ahamiyat berish va poklik sari 
intilish taraqqiyotning asosidir. Yuqorida insonning 
tanasi, uy-joylari va liboslari toza bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi. 
Ammo biz yana bir a’zoning pokligiga alohida e’tibor berishimiz 
lozim. Bu qalbdir. To‘g‘ri, bolalar qalbi tug‘ilganida pok va 
ma’sum holda tug‘iladi. Bu a’zoni odob va xush xulqlar har xil 
chirk va iflosliklardan asraydi. Ammo tengdoshlaringiz ichida 
yomonlik qilishni qalbida asrab yuradigan bolalar ham uchrashi 
mumkin. Shunday ekan, har qanday zararli ishlardan saqlansak, 
qalbimizni ham toza saqlagan, uni turli ma’naviy kirlardan pok 
tutgan bo‘lamiz.
Zararli odatlardan uzoq bo‘ling!
urmatli bolajonlar, hayotda inson sog‘lig‘i va ruhiy 
holatiga zarar keltiruvchi narsalar ko‘p. Masalan, mast 
qiluvchi ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning 
sog‘lig‘imiz uchun zarari katta. Chunki mast qiluvchi ichimliklar 
inson aql-hushini ketkazadi, unga har taraflama ziyon etkazadi. 
Tamaki esa salomatligimizning asosiy kushandasidir. Hatto uning 
hidi ham o‘ta zararli. Tamaki chekkan odam xavfli rak kasalligiga 
chalinishi ilmiy tomondan tasdiqlangan. Yana chekuvchi 
kishilarning og‘zi, kiyimlari va qo‘lidan badbo‘y hid kelib turadi. 
Shunday ekan, bolalar, bunday zararli narsalar o‘rniga foydali 
bo‘lgan taomlar, meva-sabzavotlarni iste’mol qilish sog‘likka juda 
foydalidir.


– 216 –
Janjalkash bola
(Ibratli hikoya)
okir a’lochi o‘quvchi, ammo uni o‘rtoqlari uncha 
yoqtirmaydi. Chunki u doim kim bilandir janjallashib-
tortishadi, murosani bilmaydi. Kuz kunlarining birida bolalar 
ko‘l bo‘yida yig‘ilishdi. Ular ko‘llar va dengizlar haqida gaplashib, 
dengizlar ko‘llarga nisbatan sovuqroq va chuqurroq bo‘lishi 
haqida tortishib qolishdi. Ammo Zokir o‘z odatiga ko‘ra bolalar 
fikriga qarshi borib, o‘zining gapini ma’qullardi.
Ammo bu gal do‘stlari odatini yaxshi bilishgani uchun 
uning fikriga qo‘shilishmadi. Shundan keyin ular o‘ynab mayda 
toshchalarni ko‘lga ota boshlashdi. Bu mayda toshchalar suv 
sathida cho‘kmasdan turardi. Shu kuni Foruq boshqalarga 
qaraganda ko‘proq xursand edi. Foruq otgan toshlar suv sathida 
cho‘kmasdan turganini ko‘rgan Zokir hasad qilib undan so‘radi: 
“Qo‘lingdagi toshlarni ko‘rsam maylimi?”. Foruq kaftini ochganda 
Zokir uning kaftidagi toshlarni birma-bir ko‘zdan kechira 
boshladi. Aslida esa bu toshlar boshqa toshlardan farq qilmasdi. 
Ammo urush-janjalni yaxshi ko‘ruvchi Zokir unga dedi: “Ko‘rib 
turibmanki, sen eng kichik va eng engil, qog‘ozdek yupqa toshlarni 
yig‘ibsan. Bunaqa toshlari bor kishi yutib chiqishi kerak”.
Foruq fe’li keng bola edi. Shuning uchun Zokirga qarab 
dedi: “Gapingga qo‘shilaman, kel, bo‘lmasa toshlarimizni 
almashtiramiz, bu toshlarni sen olgin-da, qo‘lingdagilarni menga 
ber”. 
Lekin bu bilan hech narsa o‘zgarmadi. Shunda avtohalokatga 
uchrab, cho‘loq bo‘lib qolgan Haydar degan bola Zokirga yaqin 
borib, unga odob bilan dedi: “Aziz do‘stim, bugun o‘yinda yutib 
chiqa olmaganing uchun kayfiyating yaxshi emas”.
Yutqazgani alam qilib, Zokirning rosa jahli chiqdi va unga qarab 
baqirdi: “Biz nima qilayotganimizni tushunmaysan, sen cho‘loq!” 
Zokirning Haydarga aytgan gapi boshqa bolalarga ta’sir qilib: 
“Nega bunday deysan? Uning ko‘nglini og‘ritding”, deb Zokirga 
tanbeh berishdi. Zokir qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi...


– 217 –

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling