Bolalar lug‘ati
Muomala – munosabat, aloqa, so‘zlashuv.
Nomaqbul – qabul qilinmaydigan, to‘g‘ri
bo‘lmagan, noma’qul, noto‘g‘ri, xato.
Bahs-munozara – muhokama, munozara,
tortishuv; musobaqa, bellashuv.
Foydali nasihatlar
1. Muloyimlik rizq sari etaklovchi kalitdir.
2. Bolalar o‘z otalaridan meros qilib oladigan uch
afzal narsa bor: xushmuomalalik, odob va sadoqat.
3. Hakimlarning aytishicha, xushmuomalalik-
ning o‘nta belgisi bor. Bular: insof, aql, ilm,
bag‘rikenglik, oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik,
sabr, shukr, muloyimlik.
4. Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan asraydi.
5. Tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi.
6. O‘zingdan ulug‘lar senga rahm qilishini xohlasang, o‘zingdan
pastlarga rahm qil.
7. Hakimlardan biri dedi:
– 282 –
– Qadimiy hikmatlarda aytilishicha, inson o‘z yaratilish xosiyati
bilan hayvonlardan afzal bo‘ldi. Unga bir og‘izu, ikki quloq berilgan.
Shuning uchun u bir marta gapirishi va ko‘p marta eshitishi kerak.
8. O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan
til shafqatsiz yovdir.
9. Aytilgan so‘z otilgan o‘qdir, aytilgandan keyin uni qaytarib
bo‘lmaydi. Ko‘p so‘zda ko‘p xato bo‘ladi. Biron joyga qadalgan
nayzani chiqarib olsa bo‘ladi, ammo dilga qadalgan so‘z zahrini
chiqarib bo‘lmaydi.
10. So‘zlovchi ba’zida adashadi va xato qiladi, tinglab turgan
zakovatli kishi uni tuzatadi va to‘g‘rilaydi.
11. Suvning mazasi muz bilan, oshning mazasi tuz bilan, odam
yaxshiligi so‘z bilandir.
12. Odam o‘z fikrini tili orqali ifodalaydi, tildan chiqqan so‘zlari
yaxshi bo‘lsa, u e’tibor topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |