Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
Salomlashish odobi
y farzand, barcha insonlar nazdida maqbul sanalgan odoblardan biri salomlashishdir. Chunki salomlashish qalblarda xursandchilik, xotirjamlik va muhabbatni paydo qiladi. Salom har qanday ofat, balo va yomonliklardan uzoq bo‘lish ma’nosidadir. Demak, salom bergan kishi boshqalarning yomonliklardan uzoq bo‘lishini tilagan va unga yaxshilik so‘rab duo qilgan bo‘ladi. Ey farzand! Sen odamlarni necha marta ko‘rsang ham, ular bilan salomlashishni o‘zingga odat qilib ol va quyidagilarga rioya qil: 1. Uxlashdan oldin, uyqudan turganda, uydan chiqayotganda va uyga kirayotganda ota-onangga va oila a’zolaringga salom ber – 278 – va ularning muhabbatini qozon. 2. Agar uyda xizmatchi bo‘lsa, unga salom ber. Agar sendan oldin salom bersa, unga alik ol. Shunday qilsang, u seni yaxshi ko‘rib, ixlos bilan xizmat qiladi. 3. Duch kelgan mahalladoshingga salom ber va ochiq yuzli bo‘l, ularning hurmatiga va qiyinchilik vaqtlarida mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lasan. 4. Agar bir majlisga kirsang, o‘tirganlarga salom ber. Ularning har biri bilan qo‘l berib ko‘rishma. Faqat uy sohibi yoki majlis boshlig‘i bilan ko‘rishsang kifoya. Keyin o‘zingga munosib joyga borib o‘tir. 5. Maktabda o‘rtoqlaringga salom ber, ularni hurmat qil, ulardan o‘zingni katta olma va maktab rahbari va ustozlaringga har safar ko‘rganingda tabassum va chiroyli odob bilan salom ber. Agar shunday qilsang, ular tarafidan e’tibor topasan. 6. Agar senga birov salom bersa, unga undan ham go‘zalroq yoki o‘shanga o‘xshatib javob ber. 7. Kichik kattaga, turgan o‘tirganga va ulovda ketayotgan piyoda odamga salom berishi odobdandir. 8. Ovqat eyayotgan va shu kabi biron ish bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarga salom berma. 9. Ota-onangdan boshqa biron kishining qo‘lini o‘pma. Ba’zi bolalar “assomu alaykum”, deb chala salom beradilar. Bolalar, shuni bilinglarki, “assalomu alaykum”, degani “sizga tinchlik va salomatlik tilayman” ma’nosini anglatadi. “Assomu alaykum” esa “sizga o‘lim bo‘lsin”, deganidir. Albatta biz o‘zimiz yaxshi ko‘rgan insonlarga faqat yaxshilik tilaymiz. Shundaymi? Demak, salomni to‘liq va to‘g‘ri berishimiz kerak. Yana “assalom” deyish ham etarli emas. “Assalom” tinchlik-salomatlikdir. Ammo salomning ortidan “alaykum” qo‘shilmasa, bu tilak kimga bildirilayotgani ma’lum bo‘lmay qoladi. Aziz bolalar, yana bir narsani bilib olinglarki, agar birontasi sizlarga chala salom bersa yoki sizlar tushunmaydigan biron tilakni bildirsa, ularga “va alaykum”, deb javob qaytariladi. Bu “sizga ham shuni tilayman” deganidir. Shunda u sizga salomatlik tilasa, siz – 279 – ham unga salomatlik tilagan bo‘lasiz. Agar dushmanlik ma’nosida biron so‘z aytgan bo‘lsa, unga munosib javob qaytargan bo‘lasiz. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling