Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим
Hikmat alom berish odam uchun omonlik demakdir. Salom berilsa, jon undan omonlik topadi. Haqiqiy do‘stlik qadri
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
бола одоби билан гузал
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zlashish va muomala odobi
Hikmat
alom berish odam uchun omonlik demakdir. Salom berilsa, jon undan omonlik topadi. Haqiqiy do‘stlik qadri (Ibratli hikoya) hmad odobli o‘quvchi. Bir kuni u isitmalab kasal bo‘lib qoldi. Tuzalgunigacha o‘rnidan turolmay yotdi. Maktabdoshlari va qo‘shnilar uni ko‘rish uchun kelib, sog‘ayib ketishini tilab duo qilishdi. Otasi ko‘rish uchun uyga kelganlar yoki telefon orqali so‘raganlarning ko‘pligidan taajjublanib, ularning biridan so‘radi: – Sen Ahmadning do‘stimisan, sen uni yaxshi ko‘rasanmi? – Ha! – deb javob berdi u. – Senga uning qaysi bir xulqi yoqadi? – Uning yuzidan hamisha tabassum arimaydi, do‘stlari bilan chiroyli odob bilan ko‘rishadi, birinchi bo‘lib ularga salom beradi, salomiga muloyimlik bilan javob qaytaradi, ko‘rinmay qolgan kishilar haqida so‘raydi va kasallarni borib ko‘radi. Shundan keyin otasi o‘g‘li o‘z odobi va muloyimligi bilan odamlar mehrini qozonganini bildi. So‘zlashish va muomala odobi y farzand, sen o‘z yumushlaringni bajarishda odamlar bilan muomala qilasan. Buning uchun senga til berilgan. Sen til bilan boshqa jonzotlardan afzaldirsan. Shuning uchun sen chiroyli did-farosatga rioya qilgan holda va to‘la odob bilan tilingni faqat foydali narsalarga ishlatishing kerak. Buning uchun quyidagilarga rioya qilishing lozim: – 280 – 1. Agar bir odamga gapirsang, o‘rtacha ovoz bilan gapir, ya’ni sen bilan gaplashayotgan odam ranjib qolmasligi uchun ovozingni juda baland ham, past ham qilma. 2. Har bir kishi bilan darajasiga qarab gaplashishga odatlan, ota-onang, ustozlaring va boshliqlaring bilan gaplashganda to‘la odobga rioya qil. Kichik ukalaring, uydagi xizmatchilar kabi sen bilan darajasi barobar kishilarga nisbatan yumshoq va muloyim bo‘lishga harakat qil. 3. Chiroyli, oson, maqsadni aniq ifoda etuvchi so‘zlarni tanla va odamlarga so‘zingdan malol etmasligi uchun ko‘p takror qilma. 4. Shoshilmay gapir, qo‘ling va boshing bilan ko‘p ishora qilma. So‘zingni tinglashga majbur qilish uchun sen gaplashayotgan odamning biron a’zosini ushlab olma. 5. O‘zing haqingda va o‘zingdagi fazilatlar haqida gapirma. Chunki odamlar o‘zini maqtagan kishini yomon ko‘radilar. 6. Sergap bo‘lma va so‘zni faqat o‘zingniki qilib olma. Chunki suhbatdoshing senga javob qaytara olmasligi mumkin. 7. Senga gapirayotgan odamni qo‘yib boshqasi bilan gaplashishga yoki kitob va jurnal o‘qishga chalg‘ib ketma, so‘zini tamomlashdan oldin suhbatdoshing so‘zini bo‘lma. 8. Agar suhbatdoshing so‘zidan biron noto‘g‘ri narsani topsang, yolg‘onchiga chiqarib yoki e’tiroz bildirib, uni xijolat qilma. Chunki u ozorlanadi va seni yomon ko‘rib qoladi. 9. Agar birov sen biladigan biron hikoyatni gapirayotgan bo‘lsa, so‘zini bo‘lib qo‘ymasliging uchun hikoyani bilishingni aytib, uni hijolat qilma. Bilsang ham sabr bilan tingla. 10. Agar bir guruh odamlar o‘zlariga tegishli mavzuda gaplashayotgan bo‘lishsa, ularning gapiga qo‘shilma. Faqat o‘zlari seni suhbatga taklif qilishsagina, ularga borib qo‘shil. 11. Jamoat joylarda baland ovozda gapirilmaydi. “Maxzanul-ulum” kitobida so‘zlashish odobi haqida shunday deyilgan: “So‘zlashish odobi shundayki, so‘zni kam so‘zlasin, chunki laqmalik tentaklikning belgilaridan biridir. Kishi aytmoqchi bo‘lgan gapini aql tarozisida o‘lchamay turib gapirishi nomaqbuldir. Hakimlar: “Ko‘p o‘yla, so‘ng so‘zla”, deyishgan. – 281 – Ehtiyoj paydo bo‘lmasdan bir marta aytilgan so‘zni takror gapirmasin. Biror kishi biron voqeani bayon qilishga kirishsa, eshituvchining bundan xabari bo‘lsa-da, xabardorligini undan yashirsin. Chunki gapiruvchi xijolat chekishi mumkin. O‘zga kishidan so‘ralsa, savolga javob bermasin. Agar savol ko‘pchilikka berilgan bo‘lsa, u mazkur savolga javob berishga qodir bo‘lsa ham, hammadan oldin javob berishga shoshilmasin. Biron kishi javob bersa, qoniqarli bo‘lmasa yoki qo‘shimcha qilishga qodir bo‘lsa, ohista javobini aytsin. O‘tirishda bo‘layotgan muzokara va munozaraga daxli bo‘lmagan holda aralashmasin. Kattalarga kinoyali so‘z aytmasin. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zni misollar bilan izohlasin. Bahs-munozarada chegaradan tashqariga chiqmasin. Har bir kishiga u tushuna oladigan darajada so‘zlasin”. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling