OTA-ONADAN AYRI YASHASH
Bola ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega, bunday yashash bolaning eng yaxshi manfaatlariga xalal beradigan holatlar bundan mustasno. Bola, shuningdek, otaonasining bittasi yoki har ikkovidan ayrilgan hollarda
ularning ikkalasi bilan ham aloqalarini saqlab qolish huquqiga ega.
OILANI BIRLASHTIRISH
Bolalar va ularning ota-onalari oilani birlashtirish yohud bola bilan ota-ona o’rtasidagi shaxsiy munosabat va to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni bog’lab turish maqsadida har qanday mamlakatni tark etish va o’z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega.
G’AYRIQONUNIY KO’CHIRISH VA QAYTARIB BERMASLIK
Davlat bolani ota-onasidan biri yohud uchinchi tomon o’g’irlab ketishi yoki bolaning chet elda ushlab turilishiga barham berishga va bunday hollarda tegishli barcha chora-tadbirlarni qo’llashga majbur.
BOLANING DUNYOQARASHI
Bola o’zqarashlarini erkin ifoda etish huquqiga ega, binobarin, ana shu bolaga taalluqli har qanday masalani hal etish chog’ida uning ushbu qarashlari hisobga olinmog’i lozim.
FIKRNI ERKIN IFODALASH
Bola o’zining qarashlarini ifoda etish, axborot olish, chegaralardan qat'i nazar, axborot va g’oyalarni uzatish huquqiga ega.
FIKR, VIJDON VA DIN ERKINLIGI
Davlat, ota-onaning tegishli rahbarligi ostida, bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligini hurmat qilishi zarur.
ASSOTSIATSIYA ERKINLIGI
Bola boshqa kishilar bilan uchrashish va assotsiatsiyalarga kirish yohud ularni tashkil etish huquqiga ega.
SHAXSIY HAYOTGA BO’LGAN HUQUQLAR HIMOYASI
Bolalar o’zlarining shaxsiy hayoti,turmushi va oilaviy hayotiga,shuningdek, o’z yozishmalariga aralashuvdan himoyalanish,tuhmat va bo’htonlardan muhofazalanish huquqlariga ega.
TEGISHLI AXBOROTDAN BAHRAMAND BO’LISH
Davlat bolalarning turli xil manbalardan olinadigan axborot va materiallardan bahramand bo’lishini ta'minlashi zarur, u ommaviy axborot vositalari tomonidan bolaning ijtimoiy va madaniy rivojiga ko’maklashadigan materiallar tarqatilishini rag’batlantirishi hamda bolalarni zararli axborotdan muhofaza etish choralarini ko.rishi
darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |