TA'LIMDAN KO’ZLANGAN MAQSADLAR
Ta'lim bolaning shaxsi, iste'dodi,aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to’la hajmda rivojlanishiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Oa'lim bolani erkin jamiyatda kattalar qatori faol yashashga tayyorlashi, o’z ota-onasiga,madaniy o’ziga xosligiga, til va qadriyatlariga, o’zgalarning madaniy an'analari va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalamog’i shart.
OZCHILIKKA VA TUB AHOLIGA MANSUB BOLALAR
Ozchilikka va tub aholiga mansub bolalar o’zmadaniyati va ona tilidan foydalanish hamda o’z diniga e'tiqod qilish huquqiga ega.
DAM OLISH, BO’SH VAQTNI MAZMUNLI O’TKAZISH VA MADANIY HAYOT
Bola dam olish, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda madaniy va ijodiy hayotda ishtirok etish huquqiga ega.
BOLA MEHNATI
Bola, uning sog’ligiga, ta'lim olishi va rivojlanishiga tahdid soladigan ishlar topshirilgan taqdirda,bunday ishlardan himoyalanish huquqiga ega. Davlat ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshni belgilab qo.yishi va mehnat sharoitiga doir talablarni aniqlashi zarur.
GIYOHVANDLIK VOSITALARINI NOQONUNIY ISTE'MOL QILISH
Bolalar giyohvandlik va psixotrop moddalarini g’ayriqonuniy ravishda iste'mol qilishdan,shuningdek, o’zlarining bunday moddalarni ishlab chiqarish va sotishga jalb etilishidan himoyalanish huquqiga ega.
SHAHVONIY MAQSADLARDA FOYDALANISH
Davlat bolani shahvoniy maqsadlarda foydalanishdan va shahvoniy buzishning barcha shakllaridan, shu jumladan
fohishabozlik va pornografiyadan himoya etishi darkor.
SOTISH, KONORABANDA QILISH VA O’G’IRLASH
Bu o’rinda davlatning majburiyati shundan iboratki, u barcha sa'yharakatlarini bolalarni o’g’irlash,sotish va kontrabanda qilishning oldini olishga qaratadi.
MAJBURIY FOYDALANISHNING BOSHQA SHAKLLARI
Bolalar, 32,33,34 va 35-moddalarda qamrab olinmagan, o’zlarining farovonliklariga oid har qanday jihatlarga ziyon yetkazadigan majburiy foydalanishning barcha shakllaridan himoyalanish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |