OTA-ONA MAS'ULIYATI
Ota-ona birgalikda bola tarbiyasi uchun asosiy javobgarlar hisoblanadi, davlat esa bu borada ularni qo’llab-quvvatlashi shart. Davlat bolani tarbiyalashda otaonaga tegishlicha yordam ko’rsatishi zarur.
SUIISTE'MOLLIKLARDAN VA LOQAYD MUOMALADA BO’LISHDAN HIMOYALASH
Davlat ota-ona yohud bola uchun g’amxo’rlik qiluvchi boshqa shaxslar tomonidan bolaga nisbatan yomon muomalada bo’lishning har qanday shaklidan uni himoya etishi va suiiste'molliklarning oldini olish hamda jabrlanganlarni davolashga doir tegishli ijtimoiy dasturlarni yaratishi darkor.
OILASIDAN MAHRUM BO’LGAN BOLA HIMOYASI
Davlat oila muhitidan ayrilib qolgan bolaning ijtimoiy muhofaza etilishini ta'minlashga hamda tegishlicha oilaviy g’amxo’rlikning muqobili yaratilishini yohud bunday hollarda bolani o’z parvarishiga oladigan maxsus muassasaga joylashtirilishini ta'minlashga majbur. Ana shu majburiyatlarni ado etishga qaratilgan sa'y-harakatlarda bolaning madaniy mansubligi inobatga olinmog’i lozim.
BOLANI ASRAB OLISH
Bolani asrab olish bunday tizim mavjudligi e'tirof etiladigan va yoki bunga ruxsat beriladigan mamlakatlarda bolaning eng yaxshi manfaatlaridan kelib chiqqan holda va vakolatli ma'murlar ijozati, shuningdek, bola uchun kafolatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina amalgam oshirilishi mumkin.
QOCHOQ BOLALAR
Qochoq bolalar yohud qochoq maqomini olishga intilayotgan bolalarga alohida himoya ta'min etilishi darkor. Davlat bunday himoya va yordamni ta'minlovchi vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga majbur.
NOGIRON BOLALAR
Nogiron bola alohida parvarish,ta'lim va tayyorgarlikdan foydalanish huquqlariga ega,bundan ko’zlangan maqsad imkon qadar kengroq mustaqillik va ijtimoiy integrasiya ta'min etilgan sharoitda bolaning to.laqonli va munosib turmush kechirishiga ko’maklashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |