SALOMATLIK VA SOG’LIQNI SAQLASH
Bola to’kis ta'min etilishi mumkin bo’lgan eng yuksak andazalarga mos darajada tibbiy yordam olish huquqiga ega. Davlatlar dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishga,kasalliklar profilaktikasi va sanitariya targ’ibotini ta'minlashga,bolalar o’limini qisqartirishga alohida e'tibor bermog’i zarur. Ular bu jabhadagi xalqaro hamkorlikni rag’batlantirib borishi va biron-bir bola sog’liqni saqlash tizimining samarador xizmatidan foydalanish imkoniyatlaridan mahrum bo.lib qolmasligi yo’lida barcha zarur choralarni ko.rishi kerak.
VASIYLIKNI DAVRIY BAHOLASH
Parvarishlash, himoyalash yoki davolash maqsadida davlat tomonidan vasiylikka topshirilgan bola bu vasiylikning muntazam ravishda tekshirib turilishi huquqiga ega.
IJTIMOIY TA'MINOT
Bola ijtimoiy ta'minot ne'matlaridan, shu jumladan ijtimoiy sug.urtadan foydalanish huquqiga ega.
TURMUSH DARAJASI
Har bir bola jismoniy, aqliy,ma'naviy, axloqiy va ijtimoiy kamol topish uchun zarur hisoblangan turmush darajasi
huquqiga ega. Zarur turmush darajasini ta'minlashda asosiy mas'uliyat ota-onalar zimmasidadir. Davlatning vazifasi esa ana shu mas'uliyatning ro’yobga chiqishi uchun tegishli shartsharoit yaratib berishdan iborat. Davlat majburiyatlari qatoriga ota-onalar va ularning bolalariga moddiy yordam ko’rsatish vazifasi ham kirishi mumkin.
TA'LIM
Bola ta'lim olish huquqiga ega va bunda davlatning vazifasi bepul va majburiy boshlang.ich ta'limni ta'min etishdan, har bir bola bahramand bo.la oladigan o’rta ta'limni rag’batlantirishdan hamda hammaning o’zlayoqatiga qarab oliy ta'limdan bahramand bo’lishini ta'minlashdan iboratdir. Maktab intizomi bola huquqlari
inobatga olingan va uning qadrqimmatini hurmatlash o’zifodasini topgan usullar yordamida ta'min etilishi lozim. Davlat ana shu huquqni amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni yo’lga qo.yishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |