Qaddingizni tik tuting. Doimo qaddingizni tik tutib yuring. Shunda
ishlaringiz ham yuqoriga ko’tarilib boradi. Ammo haddan oshib ketmang, hammasi
tabiiy bo’lishi kerak. Bunda me’yorni bilmaslik, atrofdagilarni sizdan itarib,
muloqot doirangizni toraytirib qo’yishi mumkin. Bu esa biznesda zarar keltiradi.
Yelkalaringizni biror orqaga tashlang, ammo boshingiz oldinga chiqib ketmasin.
Buning uchun dahaningizni biroz ichkariga torting. Maslahatlarga amal qilsangiz,
ruhan yengillik his etib, o’zingizga ishonch paydo qilasiz. Shu zahotiyoq hayotga
zavq ortadi, o’zingizni yuqori baholay boshlaysiz. Bu esa, o’z navbatida,
atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlariga ijobiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |