Pullarni behuda yo’qotishdan qo’rqing. Siz ma’lum miqdordagi pulni
yo’qottingiz, olaylik, o’g’irlatdingiz, biror buyumni qimmatroqqa sotib oldingiz
yoki birovga qarz berib qaytarib ololmadingiz. Katta pulmi yoki arzimas
summami, qat’iy nazar, bir yo’qottingiz, tamom, pullar o’z-o’zidan sizdan qocha
boshlaydi. Bu shunchaki irim emas, asosli fakt. Chunki pul yo’qotganingizda
tanangiz chuqur stress holatiga tushadi, ular haqida o’ylab, achinganingiz sayin bu
tushkunlik ortib boraveradi. Buni hayotingizdagi qora yo’lak deyish mumkin.
Ammo bu yo’lakdan tezroq chiqib ketish yana o’zingizga bog’lik. Chunki pul
yo’qotganingizda ichingizda pul topish uchun yo’naltirilgan harakat o’z-o’zidan
ketgan pulni qaytib olish va qolganini saqlash harakatiga aylanib boradi. Pullarni
esa shunchaki saqlab qolib bo’lmaydi. Pul jamg’arish va borlarini asrashning
yagona yo’li yana pul topishdir. Demak, birinchi qiladigan ishingiz, pullarning
bekordan bekorga hamyoningizni tark etishiga yo’l qo’ymang. Bordiyu bir
omadsizlik sababli moddiy yo’qotishga uchraguvdek bo’lsangiz, avvalo yana pul
ishlab topishga harakat qiling. Ketgan pulni faqat shu yo’l bilan qaytarish mumkin.
Pulni faqat pul chaqiradi. Shuningdek, pulni qanday va nima uchun
yo’qotganingizni o’ylab ko’ring. Bunga olib kelgan qadamlarni yana hayolan
tiklang va endi bu yo’lni qayta shunday bosib o’tingki, avvalgi hatolar
takrorlanmasin.
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
Do'stlaringiz bilan baham: |