Bo’lajak millionerga maslahatlar
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]
Boylikka
erishish uchun nafaqat aytganlarimizni yaxshi anglamog’ingiz, balki ularga qat’iy amal ham qilmog’ingiz kerak! AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH 2.6. PULLARGA QANDAY MUNOSABATDA BO`LISH KERAK «Jannatda ham huru ham may bo’larmish, Hammasi mo’l-ko’lu mo’may bo’larmish, Biz mayu-ma’shuqni sevsak arziydi, Chunki oqibat ham shunday bo’larmish». Umar Hayyom Biz ularni qancha ko’p bo’lsa, shuncha sevamiz. Ular uchun hamma narsaga tayyormiz. Aynan ular bizning ijtimoyiy mavqeimizni belgilaydi. Xo’sh kim ular yoki nima? DO’STLARMI? OILAMI? AYOLLARMI? YO’O-O-Q . . . . . . . . . . BU – PULLAR, PULLAR VA YANA PULLAR! Pul kam bo’lsa - bir balo, ko’p bo’lsa – yana bir balo! Yetarli bo’lsa-chi? Lekin shunday bo’lishi mumkinmi? Qachon pulim yetarli, boshqa pul kerak emas, degan odamni ko’rgansiz? Unda pullar ezgulikmi yoki yomonlik? Bilasizmi, pullar o’z holicha yaxshi ham, yomon ham bo’lishi mumkin emas. Pul – bor-yog’i rasmlar chizilgan qog’ozcha. Biz insoniylikka mos bo’gan ezgu qadriyatlarni rad etuvshi xatti harakatlarimiz, noto’g’ri amallarimiz, foyda ko’rish yo’lidagi nohalol ishlarimiz bilan pullarning u yoki bu rangda nomoyon bo’lishiga sabab bo’lamiz. Pul – bu moddiylashtirilgan energiya. Bu energiya har birimizda bor. Faqat kimdir uni moddiylashtira oladi, kimdir esa yo’q. Ichki energiyani moddiylashtirishning yagona yo’li – mehnat. Mehnat bo’lganda ham, o’zingiz sevib va qoniqib qiladigan, nafaqat moddiy, balki m’anaviy foyda beradigan mehnat. Aksincha bo’lsa, bu mehnatdan hech qanday naf bo’lmaydi. Yaratuvshi, quvonsh-baxsh, qiziqarli va sevimli, asosiysi ilhom beruvshi va hayolan osmonlarga olib chiquvchi ish bizga baxt va farovonlik hadya etadi. Inson faqat salomat bo’lganida, sevganida va baxtli bo’lganidagina hayot mazmunini to’la anglaydi. Shundagina u bekorga yashamayotganini his etadi. Jannat aslida YER yuzidadir, uni toping, yani o’z mehnatingiz va aqlingiz bilan yarating. Moddiy qiyinchiliklar aslida omadsizlik emas, ruhiy qashshoqlik, kaltabinlik va irodasi sustlikning natijasidar. Albatta, nafaqalar, maoshlar, imtiyozli chegirmalar bir muncha yordam berishi, ya’niki ochdan o’lmasligingiz uchun ozuqa berishi AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH mumkin. Ammo ular vaziyatni tubdan o’zgartirmaydi, sizni o’zingiz istagan farovonlikka yetkazmaydi. Xozir moliyaviy masalalarda amaliy maslahatlar beruvshi qo’llanmalar chop etilmoqda. Ularni bir ko’zdan kechirib chiqing. Yana mamlakatdagi qonunlarni, soliq tizimini, buxgalteriya hisob-kitobini o’rganib oling. Ozingizcha, bu hisobchi va huquqshunosning ishi, ularni yollasam, masala hal deb o’ylamang. Avvalo, bor-yog’i uch oyda buxgalteriga hisob-kitoblarini o’rganib olishingiz mumkin. Qolaversa, har qancha professional buxgalter va hisobchini yollamang, pullar sizniki va ularni asrash mas’uliyati birinchi o’rinda sizning zimmangizda bo’ladi. Faqat moliyaviy savodxonlikkina kichik biznesni rivojlantirish va foydani imkon qadar ko’paytirishga garov bo’la oladi. Nega? Chunki biznesning asosida pulni to’g’ri aylantirish yotadi. Xo’sh, endi pullar bilan to’g’ri muloqot qilish u qadar qiyin muammo emasligini angladingizmi? Anglash – bu hali ishning yarimi. Qolgan yarimi – anglaganlarni amalga oshirishdir. Umuman, bu haqida yuqorida juda ko’p gapirdik. Omad sizga yor bo’lsin, azizlar! Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling