Bo’lajak millionerga maslahatlar


Tejamkorlik  va  xasislikning  farqiga  boring


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/71
Sana09.01.2022
Hajmi1 Mb.
#258881
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]

Tejamkorlik  va  xasislikning  farqiga  boring.  Agar  hayotingiz  cheksiz 

yorug’ yo’lakdan iborat bo’lishini istasangiz, biz aytgan maslahatlarga amal qiling. 

O’zingizni bekordan-bekorga hayot lazzatlaridan mahrum etmang. Ba’zilar boylik 

to’plash yo’lida ortiqcha tejamkorlikka berilib ketib, o’zlarini ham, atrofdagilarni 

ham  hayot  quvonchlaridan  mahrum  etib  qo’yadilar.  Yodda  tuting,  har  qanday 

tejamkorlik  va  uning  ortidan  keladigan  moddiy  muvaffaqiyatlar  faqat  siz  va 

yaqinlaringiz  uchun,  ularning  hayotini  bezash  uchun  xizmat  qiladi.  Sizning 

xasisligingizdan  azob  chekkan  atrofingizdagilar  boylikni  yomon  ko’rib  qoladilar. 

Boylik esa o’zini yomon ko’rganlardan qochadi. Shu jumladan, sizdan ham. 

  

Agar  siz  pul  topish  mexanizmini  yaxshi  o’zlashtirib,  vaziyatni  boshqarish 



qobiliyatingizni  shakillantirib  olsangiz,  har  qanday  vaziyat  faqat  sizning 

foidangizga ishlaydi. Agar ichingizda bir ovoz, biz uni intuitsiya deymiz, ma’lum 

ishni amalga oshirayotganingizda, yaxshi foyda olishingiz haqida xabar bersa, ayni 

damda sizga bu pul kerak bo’lmasa ham, shu ishga qo’l uravering. Yodda tuting, 

siz  boylikning  sarbonisiz.  O’zi  oqib  kelayotgan  pullarning  qo’lingizdan  o’tishini 

istamasangiz,  o’z-o’zidan  bu  oqimni  boshqa  sarbonlar  tomonga  burib  yuborgan 

bo’lasiz.  Tabiiyki,  bu  oqim  endi  qaytib  orqaga  –  siz  tomonga  oqmaydi.  Ijobiy 

fikrlang va ijobiy fikrlaringizni tasdiqlovshi amallarga qo’l uring. Boylikni topish 

bilan birga, undan me’yorida lazzatlanishni ham biling. O’rni kelganda birovning 

o’rniga haq to’lang (bu albatta sizga foyda shaklida qaytib keladi). Iloji bo’lganda 

ayrim  to’lovlarni  kechiktiring  (Pulning,  bir  kun  bo’lsa-da,  sizning  qo’lingizda 

aylangani  foyda).  Xayriyani  ham  yodda  tuting.  Agar  bu  ishlarni  hech  bir 

og’rinishsiz qila olmas ekansiz, ishingizda hamon farovon yashashingizga xalaqit 

berayotgan to’siq bor. Uni yiqiting!  




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling