Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda mavsumiy- marosim qo’shiqlaridan foydalanish metodikasi


Download 293.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi293.99 Kb.
#1452731
1   2   3   4
Bog'liq
2565-Article Text-5255-1-10-20220226

Choy, Choy, Choy momo, 
Choy momosi o‘libdi, 
O‘g‘li yetim qolibdi, 
Bosa-bosa beringlar 
Bosilib qolsin bu shamol. 
Ucha-ucha beringlar 
Uchilib qolsin quv shamol. 
Oblo-hu, Oblo-hu. 
Bir yosh bola eshakka minib xonadonlardan berilgan xayr-ehsonlarni yig‘ib 
boradi. Keyinchalik “Choy momo”ga atab yig‘ilgan narsalardan xudoyi qilinadi. 
Turkiston atrofida esa bu marosim boshiga kuloh kiyib, yuziga qora surib olgan 
chollar ishtirokida amalga oshirilgan. Bu yerda quyidagi qo‘shiq aytilgan: 
Chuy, Chuy, Chuy momo, 
Chuy momoning o‘lganiga uch kun bo‘ldi, 
Chuy, Chuy, Chuy momo. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
717


Ucha-ucha beringlar, 
Uchilib qolsin chuy momo. 
Ma’lum bo‘ladiki, shamol to‘xtatish marosimi mazmunan uzoq, qadim 
zamonlardagi mifik dunyoqarash belgilari sifatida baholanishi mumkin. Unda 
so‘zning mo’jizaviy qimmati va xudoyining ta’sir kuchiga ishonish yetakchilik qiladi. 
Kuzda esa shamol chaqirish marosimi o‘tkazilgan. Endi yig‘ilgan don hosilini 
po‘chog‘idan ajratish uchun shamol kerak. Don yanchilgach, uni shamolda 
shopiradilar va somonni shamol uchirib, don tozalanadi. “Yo, Haydar” qo‘shig‘i 
aynan ana shu marosim belgisi hisoblanadi. Professor Bahodir Sarimsoqov qo‘shiqda 
Haydarga, ya’ni Hazrati Aliga murojaat qilib, ajdodlarimiz shamol chaqirishgan
degan xulosaga keladi: 
Haydar, ota-onang o‘libdir, 
Moli senga qolibdir. 
Bolang suvga oqibdir, 
Shamolingni qo‘yivor. 
Bu marosim ham qadim zamonlardan bizgacha faqat ayrim hududlarda saqlanib 
yetib kelgan. Qish o‘zbeklarda asosan yil bo‘yi qilingan mehnatdan dam olish fasli 
hisoblangan. Gap-gashtaklar, turli yig‘inlar, mumtoz adabiyotimiz namunalarini 
sharhlash suhbatlari ko‘pincha, qishda bo‘lar edi. Shu bilan birga, o‘zbeklar qishda 
o‘tkazadigan alohida marosim ham bor. Uni “Yasyusun” deb atashgan. Bu marosim 
asosan bo‘za ichish bilan bog‘liq. Ma’lumki, yaqin o‘tmishgacha o‘zbek 
xonadonlarida mehmonlarni qabul qilish uchun maxsus mehmonxonalar bo‘lgan. 
“Yas-yusun” o‘ttiz-qirq ulfat ishtirokida ana shu mehmonxonalarda o‘tkazilgan. 
Marosimda kosagul piyolaga quyib bergan bo‘zani bir nafasda ichish, uni to‘kmaslik, 
maxsus ruxsatgacha faqat cho‘kka tushib o‘tirish, odob saqlash, ruxsatsiz ketib 
qolmaslik, marosim boshlig‘iga itoat etish kabi shartlar bo‘lgan. Marosimda quyidagi 
mazmunda qo‘shiq aytilgan: 
Alyor bo‘lsin-ay, 
Xo‘jam yo bo‘lsin-ay, 
Xo‘jam bergan bu davlatga, 
Dushman zor bo‘lsin-ay. 
Jumladan, mavsumiy marosimlarda qon-qarindoshlik jihatidan yaqinlikdan qat’i 
nazar, ma’lum hududda yashaydigan butun aholi ommaviy tarzda ishtirok etadi. 
Navro‘z, Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayrammarosimlar ham 
borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakillari o‘tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin 
marosimlari esa kichik bir qishloq, mahalla yoki juda bo‘lmaganda tuman miqyosida 
uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa asosan marosim egasining qarindoshlari, 
do‘st-birodarlari, hamkasb xizmatchilar qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan, 
maqsadidan qat’i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishi, o‘rtada 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
718


mehr-oqibat tushunchalarini shakllantirishi, har bir odamni topshirilgan vazifani 
bajarish ruhida mas’uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. 
Xullas, mavsum marosimlari xalqimizning yil fasllari bilan bog‘liq yig‘inlaridan 
iborat edi. Bu marosimlar bir tomondan, o‘zbek xalqi qadriyatlari tarkibining 
boyligini, qadimiyligini dalillasa, ikkinchi tomondan, o‘zbeklarning qadim 
zamonlardan uyushgan millat ekanini isbotlaydi. 

Download 293.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling