Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda mavsumiy- marosim qo’shiqlaridan foydalanish metodikasi


Download 293.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi293.99 Kb.
#1452731
  1   2   3   4
Bog'liq
2565-Article Text-5255-1-10-20220226



Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda mavsumiy-
marosim qo’shiqlaridan foydalanish metodikasi
 
Feruza Zokirjonova 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada bo’lajak musiqa o’qituvchilarni tayyorlashda 
mavsumiy-marosim qo’shiqlaridan foydalanishning nazariy ahamiyati haqida fikr-
mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, mavsumiy-marosim qo’shiqlari haqida batafsil 
ma’lumotlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: musiqa madaniyati, metodika, janr, mavsumiy-marosim 
qo’shiqlari, ta’lim tizimi. 
Methods of using seasonal songs in the training of future 
music teachers 
Feruza Zokirjonova 
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami 
Abstract: This article discusses the theoretical significance of the use of 
seasonal ceremonial songs in the training of future music teachers. There is also a 
detailed description of the seasonal songs. 
Keywords: music culture, methodology, genre, seasonal songs, education 
system. 
Respublikamiz taraqqiyoti va o‘zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har 
tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yoshlarni ma’naviy jihatdan 
mustahkam bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg‘usiga boy qilib 
tarbiyalash zamonamizning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu esa ta’lim-tarbiya 
oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Yoshlarimizni ma’naviy 
yetuk, komil inson, yetuk mutahassis bo’lib yetishishlarida bo’lajak musiqa 
o’qituvchilarining ijodiy qobilyatinining o’rni ham shakshubhasiz katta ahamiyatga 
ega. Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mavsumiy-marosim qo’shiqlari orqali hayotga 
bo’lgan qarashi, fikrlash qobilyati, ijyimoiy ishlarni to’g’ri amalga oshirishi, atrof-
muhitni kuzatish qobiliyatining o‘sishida musiqa san’ati muhim o‘rin tutadi. Boshqa 
san’at turlariga nisbatan musiqa san’ati juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oliy ta’lim tizimida talabalarning ijodiy qobilyatini tashkil etish insоn shахsini 
хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа sаn’аtning jumlаdаn musiqаning 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
714


аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy dunyosi kеngаyib 
mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim vаzifаsi 
bo’lib, uni hаl etish nihоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat 
insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo’q jоydа hеch qаchоn bаxt-u 
sаоdаt tаrаqqiyot bo’lmаydi. So’ngi yillarda Musiqа ta’limida dаrsdan tashqari 
musiqa mashg’ulotlar tizimini yanada tаkоmillаshtirish uni dаvr tаlаbi аsоsidа 
rivоjlаntirish muаmmоlаrigа bаg’ishlаngаn qаtоr ilmiy tаdqiqоtlаr, uslubiy risоlаlаr, 
dаsturlаr tаvsiyanоmаlаr yarаtildi vа yarаtilmоqdа.
Mavsum marosim qoʻshiqlari - xalq ogʻzaki ijodining yil fasllarini belgilovchi, 
turli marosim hamda anʼanaviy bayramlar jarayonida ijro etilgan qad. qoʻshiq 
turlaridan. Kelib chiqishi eneolit (yangi tosh) davrida yuzaga kelgan chorvachilik va 
dehqonchilik mehnatlari bilan bogʻliq. Qadimda mazkur mehnatlar yil fasllarining 
uzviy aylanib turish jarayoniga bevosita bogʻliq boʻlgan. Odamlar turli marosimlar
qurbonliklar va qoʻshiklar homiy ruhlarga yoqib, ular bizga moʻl hosil beradi, deb 
ishonishgan. Buning natijasida bir-birini toʻldiruvchi mavsumiy marosim qoʻshiqlar 
silsilasi shakl topgan: bahor kelishi munosabati bilan "Oftob chiqdi", "Laylak keldi", 
"Boychechak" kabi qoʻshiqlar kuylangan; "Sumalak", "Gulyor" "Navroʻz 
yoʻklovlari", "Ish oshi" aytimlari "Navroʻz" bayrami va "Lola sayli", "Qizil gul sayli" 
milliy-anʼanaviy xalq bayramlarida; "Shoxmoylash", "Qoʻsh-qoʻsh" kabilar 
shudgorlash davrida, "Sust xotin" qurgʻoqchilik boshlanganida ijro etilgan. Yozkuz 
fasliga oid "Oblo baraka", "Oʻrim", "Xoʻr mayda", "Qovun sayli", qishda oʻtkazilgan 
gapgashtaklarda ("Alyor"), "Yas-yusun" marosimlari mashhur boʻlgan. Beruniy 6-
asrdan ajdodlarimiz kuzgi teng kunlikni "Mehrjon", bahorni "Navroʻz" bayrami bilan 
davlat miqyosida nishonlanganini aytadi. Mavsum marosim qoʻshiqlariq.da ilk bor 
band, bandnaqarot shakllari rivoj topib, oʻyin harakatlari yoki afsun aytimlarining 
ritmik xususiyatlarini ifodalovchi musiqiy va sheʼriy (jumladan, satr boʻgʻinlar 
soniga asoslangan barmoq) vaznlar yuzaga keladi. Muayyan ritmik "qolip" larga 
hamda parda tuzilmalariga tayangan ohanglar negizida keyinchalik ohangdor musiqa 
usulubi shakl topadi.

Download 293.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling