Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini tayyorlashda mavsumiy- marosim qo’shiqlaridan foydalanish metodikasi


Download 293.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi293.99 Kb.
#1452731
1   2   3   4
Bog'liq
2565-Article Text-5255-1-10-20220226

Mavsumiy-marosimlar folklori. 
Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o‘zbeklarning hayoti ham ko‘p jihatdan 
tabiatdagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan. Yil fasllarining o‘zgarishi, har bir faslning 
o‘z vaqtida xalq tasavvurida shakllangan tarzda kelishi oxir pirovardida hosilning 
mo‘lligini yoki dehqon mehnatining zoye ketishini belgilagan. Shuning uchun yil 
boshlanishi - bahor biz o‘zbeklarda umidlar fasli sifatida kutib olingan. “Har faslning 
o‘z xislati bor. Har faslning o‘z fazilati” - deganlaridek, xalqimiz boshqa fasllarni 
ham o‘ziga xos ravishda qabul qilgan va har qaysisiga alohida-alohida marosimlar 
o‘ylab topgan. Bir fasldagi udumlar ikkinchisida takrorlanmagan. Jumladan, bahorda 
“Loy tutish”, “Shox moylar”, “Navro‘z”, “Sust xotin” marosimlari o‘tkazilgan. Loy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
715


tutishda ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol ishtirok etgan. Bevosita ariq 
tozalash ishini bajarayotganlar, ularning yonidan o‘tib ketayotgan odamga ketmon 
yoki belkurakda loy tutishgan. Yo‘lovchi o‘ziga loy tutilgandan so‘ng yo biron 
qo‘shiq, yo boshqa hunarini ko‘rsatib, ishlayotganlarni mamnun qilishi lozim 
hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga majbur qilingan. Ariq 
tozalash ishlarining tugashi odatda maxsus uyushtirilgan sayil, holi baqudrat 
tayyorlangan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan. Shox-moylar esa bahorda birinchi yer 
haydash ishlarining boshlanishi bilan o‘tkazilgan. Bo‘lajak hosilning mo‘l bo‘lishiga 
niyat qilib, qo‘shga qo‘shilgan ho‘kiz shoxi yog‘ bilan moylangan va dastlab piri 
badavlat, uvali-juvali bobo dehqon qo‘sh haydab bergan. Keyinchalik ishni yoshlar 
davom ettirgan.
Bu marosim ham gavjum to‘plangan odamlar ishtirokida sayil o‘tkazish, 
xursandchilik bilan amalga oshirilgan. Bahor quruq kelgan kezlarda 
≪Sust xotin≫ 
marosimi tayyorlangan. Bu marosimda mahalla, qishloq ayollari yig‘ilib mo‘la (poliz 
qo‘riqchisiga o‘xshagan qo‘g‘irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sepib, qo‘shiq 
aytishgan: 
Sust xotin, suzma xotin 
Ko‘lankasi maydon xotin! 
Yomg‘ir yog‘dir ho‘l bo‘lsin 
Yeru jahon ko‘l bo‘lsin. 
Maysalar quloq yozsin, 
Sutu qatiq mo‘l bo‘lsin. 
Albatta, bahor faslidagi eng aziz va har bir o‘zbek uchun qadrli marosim 
Navro‘z bayramidir. Navro‘z haqidagi dastlabki ma’lumot Abu Rayhon Beruniyning 
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. Shuningdek, Umar 
Xayyomning “Navro‘znoma” risolasi va Muhammad Rizo Ogahiyning bevosita 
Narvo‘z bayramiga bag‘ishlangan she’riy asarlari bor. Navro‘z ayyomi yilning 21-
mart kuni nishonlanadi. Bayramning Navro‘z deb atalishi Yangi kun, ya’ni yangi 
yilning kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu kunda kecha va kunduz muddati tenglashadi va 
kunduzning uzayishi boshlanadi. Shuning uchun ham Navro‘z diniy emas, balki, 
dehqonchilik, bog‘dorchilik ishlarining qizg‘in pallaga kirishi bilan aloqador alohida 
bayramdir. Navro‘z bayramini faqat o‘zbeklar emas, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, 
tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millatga mansub xalqlar nishonlaydilar. Avvalo uni 
o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘riladi: halim, sumalak, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, 
har xil shirinliklar tayyorlanadi. Professor B.Sarimsoqovning ma’lumot berishicha
katta bir idishda yetti xil don-ekinining urug‘i undirilgan. Ular bug‘doy, arpa, zig‘ir, 
tariq, no‘xot, jo‘xori, sholilardan iborat bo‘lgan. Ogahiyning ma’lumot berishicha, 
Navro‘zda hamma qayiqda daryo sayiliga chiqqan. Bog‘larda o‘yin-kulgilar 
uyushtirilgan. Dor o‘yinlari o‘tkazilgan. Ammo eng muhimi, har bir odam avvalo 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
716


betob, dili xasta, hech kimi yo‘q kimsalarni, ota-ona ajdodi ko‘milgan mozorlarni 
ziyorat qilgan. Bu kunda hamma nizolar unutilgan. Ginali qarindoshlar o‘z 
da’volaridan voz kechganlar va bayramni totuvlik bilan o‘tkazishgan. Hatto, 
davlatlar, podsholar o‘rtasidagi urushlar ham bayram munosabati bilan to‘xtatilgan. 
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami 1990-yildan katta uyushqoqlik va tantanalar 
bilan o‘tkazilmoqda. Bayram kuni Respublika Milliy Bog‘ida katta teatrlashtirilgan 
sahnalar tayyorlanadi. Sayil boshlanadi. San’at ustalarining ommaviy chiqishlari 
uyushtiriladi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, Navro‘z bayramining bu qadar katta 
e’tibor berib, tantana qilinishi O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgani 
bilan uzviy bog‘liqdir. Navro‘z bayrami odatda 21-martdan boshlanadi va mevali 
daraxt gullari meva tukkuniga qadar davom etadi. Odatda yoz fasli, kuzda hosilning 
mo‘l bo‘lishi uchun tayyorgarlik ko‘rish, ertapishar meva va poliz ekinlarini yig‘ish 
ishlari bilan o‘tkaziladi. Kuzgi bug‘doyni o‘rish, davlatvoy, asati kabi qovunlarni
chillaki, tog‘ uzumlarini uzish, shubhasiz, qandaydir marosimlar bilan boshlangan.
Ammo mustabid sovet tuzumi davrida bu an’analar yodimizdan ko‘tarildi. 
Ehtimol, qovun, qulupnay, uzum sayillari o‘sha an’analarning bir ko‘rinishidir. 
Professor Bahodir Sarimsoqovning ko‘p yillar mobaynida olib borgan izlanishlari 
natijasi o‘laroq “Choy momo” marosimi haqida ayrim ma’lumotlar to‘plandi. 
Olimning aytishicha, bu odat yozgi marosimlar qatoriga qo‘shilib, Janubiy 
Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar orasida uyushtiriladi. Dalada pishib yetilgan 
bug‘doy surunkali shamol oqibatida yerga egilib ketishi natijasida nobud bo‘lishi 
mumkin. Ana shunday kezlari “Choy momo” marosimi o‘tkaziladi va tabiatdan 
shamolni to‘xtatish so‘raladi. “Choy momo” aslida “Shamol ona” ma’nosini beradi. 
Sayram atrofidagi keksa ayollar “Choy momo” qo‘shig‘ini aytishadi: 

Download 293.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling