Yangi mavzuni bayon etish.
1. O'rganilgan sonlarni ketma-ket to'g'ri va teskari sanatish: 1, 2, 3, 4, 5; 5, 4, 3, 2, 1;
— 6 bu, bitta 1, bitta 5 ning yig'indisi yoki uning teskarisi — 5 bilan 1;
5 sonidan keyin 6 soni kelar ekan deb, o'quvchilarning diqqatini darslikning 31-betidagi mavzuga qaratish. [5 + 1 = 6
6 bu, bitta 2, bitta 4 ning yig'indisi yoki uning teskarisi — 4 bilan 2;
6 bu, ikkita 3 ning yig'indisidan iborat ekanligini o'yin-choqlar, turli predmetlar yordamida tushuntirish.
1-masalani og'zaki va yozma ravishda bajarish. 5 ta qizil atirgulga 1 ta sariq atirgulni qo'shsak, hamma gullar 6 ta bo'ladi. Kimning uyida qanaqa gullar borligini savol-javob orqali aniqlash foydadan xoli emas.
2-misolni og'zaki va yozma ravishda bajarish.
5+1=6 1+5=6 2+4=6 6-1=5 6-2=4 6-4=2 6 soni 5 dan bitta ortiq, 5 soni 6 sonidan bitta kam ekanligini sanoq cho'plar yordamida tushuntirish.
3-misolda esa, birinchi qatorda 2 ta mashina, ikkinchi qator-da 4 ta mashina bo'lsa, hamma mashinalar nechta bo'lganini toptirish. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, hamma mashinalar 6ta.
Har bir o'quvchining partasi ustida geometrik shakllar bo'ladi. Ana shu shakllar yordamida 4-misolda ko'rsatilgan shakllarni o'rniga qo'ydirish uchun amaliy mashg'ulot o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |