Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Abusaid Ko‘chimovning hayoti va ijodiy faoliyati


Download 197.01 Kb.
bet49/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

56. Abusaid Ko‘chimovning hayoti va ijodiy faoliyati
Ilk mashqlarini maktabda – Oʻquvchilik partasida xabar va maqolalar yozishdan boshlagan Abdusaid Koʻchimovni maktabdoshlari “muxbir bola” deb atar edilar. Chunki uning lavha va xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U aʼlo oʻqish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga, adabiyotni jondildan sevar, “Oʻzbek xalq ertaklari”, “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Tohir va Zuhra”, “Uchar gilam”, “Gulliverning sayohatlari”, “Temur va uning komandasi”, “Shum bola” singari kitoblarni qoʻldan qoʻymay oʻqirdi. Adabiyotga boʻlgan muhabbat uni, oʻrta maktabni 1967-yili tamomlaganidan keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U 1968–1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.Institutda oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini oʻtadi. Bu yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yoʻllarini oʻrgandi. Soʻzning sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar boʻlajak shoir va adibning tuygʻulariga yanayam kuchliroq gʻulgʻula solgandir.Abdusaid Koʻchimovning mehnat faoliyati 1972-yilda “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi “Tong yulduzi”ga adabiy xodim boʻlib ishga oʻtdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada boʻlim mudiri, masʼul kotib vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Koʻchimov qalamini charxlab, adabiy ishga yoʻllabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi, bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan doʻstlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu, yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimayi holida hayotni oʻrganish, anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri boʻlib qoldi, deyish mumkin. Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda boʻldi. Oʻzining boʻlajak qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. Shu tariqa uning asarlarida odobli, aʼlochi, mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, oʻjar va shoʻx bolalarning xilma-xil qiyofalari paydo boʻldi. Ana shunday asarlardan biri “Mening Oʻzbekistonim” dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri – sayohat janrida yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalar Bobo bilan Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu doston 1979-yilda alohida kitob – albom shaklida nashr etildi.Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan oʻqib oʻrganishlar Abdusaidga ijodda oʻz ovozi, oʻz yoʻlini topib olishga imkon yaratdi. Shoirning uchinchi kitobi – “Toshburgut” (1981 yil) Abdusaid Koʻchimovning maʼlum kamolotga yetganiga dalolatnoma boʻldi, deyish mumkin.“Toshburgut” toʻplami bilan tanishar ekansiz, shoirning har doim bugungi kichik kitobxonning nafis didiga mos sheʼrlar yozishga intilayotganiga guvoh boʻlasiz. Shu bois uning kichkintoylar bilan muloqoti samimiy dildan kechadi.“Maqtanchoqlar”, “Mish-mishvoy”, “Inoqlar”, “Yolgʻonchi-sayohatchi”, “Jazo”, “Suflor” sheʼrlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan sodda mugʻambirlik, maqtanchoqlik, oʻyinqaroqlik ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. “Suflor” asari ana shu jihatdan eʼtiborli.

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling