Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


NIKOLAY ALEKSEYEVICH NEKRASOV YARATGAN ERTAK-DOSTONLARDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR


Download 197.01 Kb.
bet57/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

67. NIKOLAY ALEKSEYEVICH NEKRASOV YARATGAN ERTAK-DOSTONLARDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasovning bolalik yillari Volga boʻylarida – oʻzi tugʻilib oʻsgan joylarda oʻtgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta boʻlgan. Shu bois u keyinchalik “Ona” poemasini onasiga bagʻishlab yozgan edi. Oʻgʻlining dehqon bolalari bilan oʻynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Yelena Andreevna boʻlajak shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib oʻsishiga munosib hissa qoʻshgan edi.
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sugʻorilgan ajoyib ertaklar aytib, boʻlajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. Oʻz Vatanining dala va oʻrmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi “yashil shovqiniga” muhabbat bogʻladi.Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas boʻlganligi uchun dovyurak, botir va jasoratli bola boʻlib oʻsdi. Boʻlajak shoir 10 yoshga toʻlganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga oʻqishga berishadi. Oʻqituvchilar bilimga havasmand, isteʼdodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil oʻqishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser boʻlib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga oʻqishga yuboradi. Lekin ilm-fan choʻqqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga oʻqishga kiradi. Ammo otasi oʻgʻlining oʻzboshimchaligidan tajang boʻlib, moddiy yordam bermay qoʻyadi. Biroq maqsad yoʻlida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar sharoitida yashash va olgʻa harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy odamlar turmushi ogʻir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida toʻlib-toshib kuylaydi.Nekrasov dehqonlar toʻgʻrisida, ayniqsa, koʻp sheʼrlar yozadi. Bu sheʼrlarni oʻqir ekansiz, goʻyo dehqonlarning oʻzlari oʻz ogʻir mehnatlari va qaygʻu-alamlari haqida soʻzlab berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni oʻziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u Yaroslavl gubernasidagi qishloqda oʻtkazgan bolalik yillarida oʻrgangan edi. U dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning sheʼrlarida ham shunday oddiy, tabiiy va ravon jaranglaydi. Biz uning:Mollar oʻrmon tomon qadam tashladi,Ona-javdar boshoq tuga boshladi, –deb yozganlarini oʻqir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini koʻramiz. Bu oʻrinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga boʻlgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki soʻz: ona-javdar qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon bu boshoqlarni oʻzining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib oʻstirgan-da!

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling