Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN YARATGAN ERTAK-DOSTONLARDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR


Download 197.01 Kb.
bet56/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

66. ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN YARATGAN ERTAK-DOSTONLARDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini oʻzida mujassamlantirgan shoiri boʻladi. Rossiyada inson maʼnaviy olamining musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist boʻlib yetishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, deb taʼriflagan edi.
A. S. Pushkin xalq ogʻzaki ijodini bolalikdan berilib oʻrgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq ogʻzaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qoʻshdi. Kelajakda mashhur shoir boʻlib, jahonga tanilishida boy manba boʻlib xizmat qildi. U, ayniqsa, oʻzining ertakdostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda.A. S. Pushkin oʻzining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” (1831), “Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak” (1833), “Oltin xoʻroz haqida ertak” (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.Yuqorida biz taʼkidlab oʻtgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq ogʻzaki ijodi taʼsirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganligini koʻramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” xalq ertagi asosida “Shoh Saltan… haqida ertak”, “Qurimsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining toʻplovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib bergan sujet asosida “Baliqchi ham baliq haqida ertak”, “Sehrli koʻzgu” ertagi asosida “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak”, uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay oʻtgan va uning hatto pok xizmatlarini oʻzida mujassamlashtirgan “Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” yotganligini koʻramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada oʻqimishli, taʼsirli chiqqan.A. S. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi koʻradi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa boʻlgan cheksiz muhabbat tuygʻusi barq urib turadi.Dadon shohni oling (“Oltin xoʻroz haqida ertak”). U gʻirt ahmoq. Na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon oʻtaketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan oʻzga yurtlik makkora ayolni ustun qoʻyadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh xalq qahr-gʻazabiga duchor boʻladi. Oltin xoʻroz tepkisidan halok boʻlgan shohga birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning oʻlimi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.Pop (“Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”) obrazi ustida shoir qattiq ishlaydi. Uning tekinxoʻr, ochkoʻz, oʻzgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi.Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod choʻqqisiga koʻtaradi.Ikki qahramonning bozordagi oʻzaro suhbatidanoq kitobxon kim qanday odam ekanligini darhol sezadi:“Boʻlsin oshpaz, otboqar ham duradgor,Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?”Balda debdi: “Yaxshi malay boʻlayin,Bergan obi yovgʻoningga koʻnayin.Xizmatimga haq toʻlaysan shu xilda:Peshanangga uch chertaman bir yilda”.Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxoʻrlik, ochkoʻzlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin Pop chertkini yeb halok boʻladi.“Baliqchi va baliq haqida ertak” dostonida shoir pok muhabbat mangu boʻlishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb oʻtgan kunni unutmaslikni istaydi.

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling