Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


SHARL PERRO ASARLARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI


Download 197.01 Kb.
bet53/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

61.SHARL PERRO ASARLARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI
Perro Sharl (1628.12.1, Parij -1703.16.5) — fransuz shoiri va tanqidchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1671). 19-asr fransuz adabiyotida avj olgan "qadimgilar va yangilar bahsi"da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qad. yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni — "Troya devori " (1653). Shundan keyin uning "Buyuk Lyudovik asri" (1687) dostoni hamda 4 j.li "Sanʼat va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar oʻrtasidagi qiyoslar" (1688— 89) dialog shaklida yozilgan asari, "Ayollarning taʼrifu tavsifi" (1694) satirik sheʼri eʼlon qilingan. P. soʻnggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan. P.ning adabiyotning maʼrifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bogʻliqligi masalasidagi qarashlari fransuz maʼrifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo P.ning fransuz adabiyotidagi katta oʻrni "Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki Oʻtgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari" toʻplami bilan belgilanadi. Mazkur toʻplam P. ning oʻgʻli Darmankur nomidan eʼlon qilingan. U dastlab 8 ta er-takdan tashkil topgan boʻlib, keyinchalik yana 3 ta sheʼriy ertak hiso-biga boyigan. Fransuz adabiyotidagi antik madaniyat anʼanalariga qarshi kurashgan P. xalq ertaklariga xos "qissadan hissa" chiqarish tamoy-ilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos lato-fat va jozibani olib kirdi. P. "Er-taklar"i fransuz adabiyotida xalq-chillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlani-shiga katta taʼsir koʻrsatgan. P.ning ertaknavislik anʼanalari akauka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi. P.ning "Zolushka", "Etik kiygan mushuk", "Koʻk soqol" singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yara-tilgan. P.ning ayrim ertaklari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
62. Xans Kristian Andersenning bolalarga atalgan asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar
Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805 yilda Odens shahrida dunyoga keldi.Bolaning otasi kavushdoʻz, onasi esa kir yuvuvchi boʻlib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambagʻallar maktabiga oʻqishga kiradi. Oradan uncha koʻp vaqt oʻtmay, ularning oilasi Kopengagenga koʻchadi. Bolaning yashash sharoiti va oʻqishi bu yerda ancha-muncha yaxshi boʻladi. Boʻlajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda taʼlim oladi. 1828 yilda esa Kopengagen universitetiga oʻqishga kiradi.Andersen juda koʻp mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.Andersenning ijodi 20 yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik sheʼrlar, roman, drama, yoʻl ocherklari, biografik etudlar yaratadi.“Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan “Daniya – mening vatanim”, ozodlik gʻoyasi mujassamlangan “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa sheʼrlari sheʼriy janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.Andersen oʻz romanlarida (“Improvizator”, “O. T” boʻlgan yoki boʻlmaydi”) zamonasi uchun juda muhim boʻlgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.Uning ijodi koʻp qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Ertaklar” (1835–1855), “Yangi ertaklar” (1843–1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qogʻozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli boʻlish bilan birga, oʻquvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.Andersen ertaklarida koʻpincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular oʻzlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq boʻladilar. Uning “Qoʻngʻiroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan shoʻrva”, “Goʻng qoʻngʻiz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol boʻla oladi. Ertakchining “Qoʻngʻiroqli girdob” asarini olib koʻraylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, ogʻir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning oʻz xoʻjasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi.“Bolalar gurungi” asarida hech kim taqdirini, kichkintoy oʻsib-ulgʻaygach kim boʻlib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu koʻproq oʻsha bolaning oʻziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bogʻliq ekanligini oʻqiymiz.Shohona qasrga toʻplangan bir toʻda bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni toʻldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq boʻlish uchun harakat qilishlarini kibor bilan taʼkidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambagʻal bola tinglab, xoʻrsinar, “bularga yetish bizga yoʻl boʻlsin”, deb qoʻyar edi, oʻzicha.


Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling