Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Download 197.01 Kb.
bet52/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

59. CHET EL BOLALAR ADABIYOTI
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir boʻlagi boʻlgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining oʻrni, ahamiyati katta. Negaki, tarjima asarlarini oʻqigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, oʻsha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshna boʻladilar.Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga oʻtib, dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh. Perro), “Robinzon Kruzo” (D. Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J. Svift), “Dyumchaxon” (H. Andersen), “Oltin baliq” (A. S. Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M. Tven), “Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustin” (S. J. Vern), “Don Kixot” (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini joʻsh urdirib yuboradi.XX asrda bunyod etilgan “Maugli” (R. Kipling), “Kichkina Shahzoda” (A. De Sent – Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindgren), “Toshkent – non shahri” (A. Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Ahmoq sichqoncha haqida ertak” (S. Marshak), “Uch baqaloq” (Y. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B. Kerboboyev), “Doktor Aybolit” (K. Chukovskiy), “Temur va uning komandasi” (A. Gaydar), “Chipollinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim boʻlsam ekan?” (V. Mayakovskiy), “Bilmasvoy quyosh shahrida” (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar oʻzbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir oʻrgatadi, nimagadir daʼvat etadi. Bu asarlarning koʻpchiligida onaVatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqaloq”), noshukur boʻlmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (,, Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam koʻrsatish (“Temur va uning komandasi”), oʻziga pishiq-puxta boʻlish, ichki sirlarni oʻzgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil Shapkacha”), namunali oʻqish, kasb-hunar egasi boʻlish (“Kim boʻlsam ekan?”), sergak, tadbirkor boʻlish hamda quvnoqlikka intilish (, Quvnoq japbaqlar”)dek oliyjanob gʻoyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan boʻlgan qiziqish va ishtiyoqlarini oʻstiradi.Bir misol. Italiyaning butun jahon bolalari taniydigan J. Rodari (1920–1980) degan yozuvchisi bor. Uning “Chipollinoning sarguzashtlari” degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib oʻqiydilar. Qarang, Chipollino Chipolonining oʻgʻli edi. Uning yettita akalari ham bor edi. Chipollotto, Chipollochcho, Chipolluchcho va boshqa piyoz xonadonining Chipolotto oʻgʻillari shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qayerda piyoz boʻlsa, oʻsha yerda koʻzlarda nam boʻladi. Chipollinolar uncha keng boʻlmagan bir yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo, bularning uylarining oldilaridan olifta zodagonlar oʻtib qoladigan boʻlsalar, darhol dastroʻmollari bilan burunlarini berkitib, koʻzlaridan yosh oqizib oʻtib ketar edilar. Negaki, ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!

60. SHARL PERRONING BOLALARGA ATALGAN ASARLARIDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR


Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida maʼlum va mashhurdir. U oʻzining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi.Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq ogʻzaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur oʻrgandi. Shuning uchun ham u oʻz ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari oʻz mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. Gʻarazgoʻylik, maqtanchoqlik, qizgʻanchiqlik oʻrnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.Sharl Perrodan bor-yoʻgʻi oʻn ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini oʻqimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi.Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning koʻpchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, eʼzozlaydigan boʻladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni oʻgay ona-yu qizlar xush koʻrmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi koʻradi. Uning oʻz baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinsoʻz, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda oʻz oʻrnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli boʻlishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.Sh. Perro ijodida “Qizil Qalpoqcha” alohida oʻrinda turadi. Ertakning taʼsirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning tabiiy holda ijobiy tomoniga koʻp sayqal beradi, bolalar koʻz oʻngida u dunyodagi tengi yoʻq, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Boʻrining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qoʻzgʻatadi.Boshqa ertaklarda boʻlgani kabi “Qizil Qalpoqcha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qoʻshadi.Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Qalpoqcha” kabi bolalarbopdir.Mana toʻrt yuz yildirki, shoirning “Qizil Qalpoqcha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning oʻziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi koʻradi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mugʻambir emasligi unga pand beradi, boʻriga yem boʻlishiga oz qoladi.Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari koʻp. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha kabi oddiy va quvnoq boʻlishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirigʻini soʻzsiz bajarishga daʼvat etadi.Ikkinchidan, oʻrtadagi sirni oshkor qilmaslikka, oʻziga pishiq-puxta boʻlishga chorlaydi.Boʻri ochkoʻz, pismiq va mugʻambir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir oʻq bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Boʻri Qizil Qalpoqchadan osongina safari haqidagi maʼlumotni bilib olgach, endilikda qizchaning oʻziga qoʻshib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Qalpoqchaning baxtiga oʻtinchilar kelib qolishadi.Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush koʻradi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning boʻriga yem boʻlishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda!

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling