Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


ANVAR OBIDJON SHE’RLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI


Download 197.01 Kb.
bet48/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

54.ANVAR OBIDJON SHE’RLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
 Анваржоннинг илк шеърларини ўқиганимдаёқ, бу ижод намуналари содда ва самимийлиги, шу билан бирга мантиқнинг кучлилиги, катта фалсафаси мени ҳайрат ва ҳаяжонга солганди. Ўшандаёқ мен вақти келиб, Анвар Обиджон халқимизнинг энг эъзозли ва суюкли шоирларидан бири бўлиб етишишига чин кўнгилдан ишонгандим (Эркин ВоҳидовнингАнвар Обиджон билан фахрланаманмақоласидан). Анвар Обиджон 1947 йил 8 январда Фарғона вилоятининг Олтиариқ туманидаги Полосон қишлоғида туғилган. Ўзбекистон халқ шоири (1998). ТошДУнинг журналистика факультетини тамомлаган (1979). Қисса ва ҳикоялари — «Уста Гулмат ғазаллари» (1974), «Энг ёруғ кун» (1983), «Аканг карағай Гулмат» (1987) ва бошқа. «Масхарабоз бола» (1986), «Жуда қизиқ воқеа» (1987), «Ерликлар» (1990), «Аламазон ва Гулмат хангомаси» (1992), «Ажойибхона» (1993, шеърий тақвим), «Танланган шеърлар» (2006), «Ўғирланган паҳлавон» (2006), «Баҳромнинг ҳикояси» (2007) каби достон, қиссалар, шеърлар, пьесалар ва ҳажвий асарлардан иборат тўпламлар муаллифи. «Шуҳрат» медали билан тақдирланган (1997).
55. ANVAR OBIDJON SHE’RLARIDA ILGARI SURILGAN G’OYALAR
Hozirgi adabiyotimizning atoqli vakillaridan biri Anvar Obidjon sheʼrlarida poetik goʻzallik degan mavzuda qisqacha soʻz yuritishdan avval, men badiiy adabiyotning uch yoʻnalishi: poeziya, nasr va dramaturgiyada barakali ijod qilayotgan, salmoqli asarlar yaratayotgan sanʼatkorning muvaffaqiyatlari sababi nimada degan savolni qoʻyib, gapni bu sir asosan uning tarjimai holida ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtmoqchiman.Shu kungi adabiyotimiz va umuman XX asrdagi adabiyotimizni ham qoʻshib qaraganda, tarjimai hol nuqtai nazaridan nihoyatda boy, rang-barang va, hatto, maʼlum maʼnoda mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtgan Anvar Obidjon darajasidagi ijodkorni topish qiyin, nazarimda. Eʼtibor bering: oʻn besh yoshlar atrofida koʻchma kinochiga shogirdlik; koʻp oʻtmay, tirikchilik sabab, maktabdagi oʻqishni kunduzgi boʻlimdan kechki boʻlimga oʻtkazish; soʻng paxta tayyorlash zavodida traktorchilik, qazilma boylik konida burgʻilovchilik qilish; qishloq kutubxonasida ishlash (eʼtibor bering: shoir asta-sekin hayoti va taqdirini belgilaydigan dunyoni topib kelyapti); moliya texnikumidagi tahsil; harbiy xizmat; qaytgach, jamoa xoʻjaligida tabelchilik; klub mudiri; tuman gazetasida muxbirlik; soʻng Toshkentdagi Yogʻ-moy kombinatida bogʻbonlik (shunday ish joyi topilganiga ham shukur deydi shoir); universitetning sirtqi boʻlimida talabalik; radiodagi xizmat; nashriyotlar va teleradioda muharrirlik va, nihoyat, poytaxtdagi nashriyotlardan biriga rahbarlik.Men nima uchun bularni sanab oʻtyapman? Shuning uchunki, nazarimda, mana shunday xilma-xillikka boy, oʻziga xos zahmatli yoʻllarsiz hozirgi adabiyotimizning sevimli va zabardast vakili asarlaridagi muvaffaqiyatlarning yuzaga chiqishi qiyin boʻlar edi. Har bir bosqich, har bir nuqta Anvar Obidjon ijodiga tarovatli, hayobaxsh nur ato etdi.
Adib oʻzining “Ona Yer”, “Masxaraboz bola”, “Juda qiziq voqea” kabi kitoblaridagi sheʼr va dostonlari; “Olovjon va uning doʻstlari”; “Oltin yurakli Avtobola” toʻplamidagi hikoya va qissalari; “Bezgakshamol”, “Akang qaragʻay Gulmat”, “Yerliklar”, “Oltiariq hangomalari”, “Kezargon Boychechak” nomli kitoblaridagi oʻtkir yumor va hajvlari; yosh tomoshabinlar uchun yozilgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”, “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Meshpolvon” kabi dramatik asarlari bilan bugungi oʻzbek adabiyotini boyitdi, xususan, bolalar adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi.Anvar Obidjonning bundan oʻttiz yil oldin nashr etilgan “Juda qiziq voqea” nomli salmoqli kitobi nainki kichik yoshdagi sheʼrxonlar, balki umuman adabiyotimiz ixlosmandlari va mutaxassislari ichida katta shov-shuvga sabab boʻlgani yodimda. Ushbu toʻplamni kitob doʻkonlaridan izlab, surishtirib yurganlariga guvohman. Soʻng shoir yana oʻnlab yangi, bir-biridan goʻzal kitoblar yaratdi va ular hech shubhasiz, oʻzbek bolalar adabiyotida yangi sahifalar ochdi. Oʻzbek sheʼriyatida meva-chevalarga bagʻishlangan sheʼrlar oz emas.

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling