Bolalar adabiyoti


Download 57 Kb.
bet3/4
Sana07.11.2021
Hajmi57 Kb.
#171449
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza matni

* Fard—yakka,yolg‘iz.
“Hayratul-abror”ning o‘ninchi maqolati rostgo‘ylik, halollik va to‘g‘rilikka bag‘ishlangan. Navoiy to‘g‘rilik va rostgo‘ylikni ulug‘lash bilan kishilarni rostgo‘y va to‘g‘ri bo‘lishga chaqiradi, yolg‘onchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg‘on so‘zlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzog‘iga tushgan Durroj obrazida hikoya qiladi. Dostonning o‘n birinchi maqolatida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak oaho beradi, kishilarni ilm olishga, olimlarni izzat-hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir o‘sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo‘lida chekkan azoblarini, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlarchekadi.

Navoiy ilmdan amaliy ishlar uchun foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:


Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

Endiki ilm o‘ldi amal aylagil.


Navoiyning yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, olijanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o‘qish, o‘rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli bo‘lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.

“Farhod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g‘oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko‘pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag‘ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog‘laridanoq ilm-hunarga, mehnatga bo‘lgan muhabbatini zo‘r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola taroiyasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi. Farhod yoshlik chog‘idanoq juda aqlli, zehnli bola bo‘lib o‘sadi. U maktabda zo‘r havas va qunt bilan o‘qiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada o‘rganib oladi. Yosh Farhodning ilmga bo‘lgan havas va muhabbatini sezgan otasi unga bilim berishni munosib ko‘rdi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turfa fanlardan saboq o‘qitadilar. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga o‘z sir-asrorini to‘liq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan o‘qib, bilimdon va zukko inson bo‘lib yetishadi.

Buyuk shoir bolalarning o‘qishi va tarbiyasiga doir fikrlarini “Layli va Majnun” dostonida ham ilgari surgan. Yangi maktablar bino qilish g‘oyalarini targ‘ib qilgan Navoiy maktablarda o‘g‘il bolalar bilan bir qatorda qizlarni ham o‘qishini orzu qiladi. Alisher Navoiy o‘zining Farhod, Qays, Iskandar va boshqa ijobiy obrazlarining tarbiyalanish, ta’lim olish borasidagi bosib o‘tgan yo‘lini, kamolotga yetish bosqichlarini tasvirlab, bolaning voyaga yetishida tarbiyaning alohida kuch-qudratga ega ekanligini alohida uqtiradi.

Shoirning 1500 yilda yaratilgan “Mahbubul-qulub” ("Ko‘ngillarning sevgani") asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlari bayon etilganligi bilan xarakterlidir. Navoiy unda ijobiy fazilatlarning namoyon bo‘lishida avvalo ulardagi halollik va soddalik, samimiylik asosiy omil ekanligini ta’kidlaydi va bu mehnatga muhabbatning natijasi sifatida talqin etiladi. “Mahbuoul-qulub” 3 qismdan iborat. Bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san’at va adabiyotning ahamiyatini targ‘ib qiladi, malakali, iqtidorli o‘qituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, san’atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. O‘qish ham, o‘qitish ham og‘ir va mas’uliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb uqtiradi Navoiy. Bu o‘rinda u murabbiylarning halol xizmatlarini alohida ta’kidlaydi.

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Odob va axloqni kishining olijanob fazilati, deb baholagan Navoiy, bu asarida shunday fazilatlari tufayli baxtiyor bo‘lgan Muqbil va odobsizligi oqibatida baxtsizliklarga yo‘liqqan Mudbir haqida hikoya keltiradi. Bundan tashqari, “Mahbubul-qulub” ning oxirgi qismi saxovat va himmat, muruvvat va vafo, til odobi kabilarga bag‘ishlangan. Shoir til odobiga katta e’tibor berib, kishilarni qisqa va mazmunli, o‘rinli va mantiqli so‘zlashga, yoshlarni yaxshi xulq-odobli bo‘lishga, ilm-hunar o‘rganish va kaggalarning tajribasini egallab olishga chaqiradi.

Alisher Navoiy o‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodidan, ayniqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, o‘zi ham ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maqollarga yaqin bo‘lgan bir qancha hikmatlar yaratdi. Masalan:


Vafosizda has yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.

Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.

Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,

Qatra-hatra yig‘ilib daryo bo‘lur.


Bilmaganni so‘rab o‘rgangan — olim,

Orlanib so‘ramagan — o‘ziga zolim





Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling