Bolalar adabiyoti


Download 57 Kb.
bet4/4
Sana07.11.2021
Hajmi57 Kb.
#171449
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza matni

GULXANIY
Muhammad Sharif Gulxaniy XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan, o‘zbek adabiyotining demokratik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan yozuvchidir. Gulxaniy mehnatkash xalqning og‘ir, mashaqqatli hayotini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga bo‘lishini payqadi va bunday salbiy voqealar uning dunyoqarashida muayyan o‘zgarishlar yasadi. Natijada, unda saroy hayotiga nisbatan cheksiz nafrat paydo bo‘ldi. Ammo shoir davr taqozosiga ko‘ra hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun “Zarbulmasal” nomli majoziy asarni yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni o‘rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo‘lgan munosabati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o‘xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalanadi. Unda ishtirok etuvchi hayvonlar, parrandalar, daraxtlar, gullar, qurt-qumursqalar, voqea-hodisalarning g‘oyat qiziqarli, sirli ifodalanishi jihatdan qaraganda, shoirning “Zarbulmasal” asari bolalar kitobxonligida alohida o‘rin tutadi.

Gulxaniy lirik she’rlari va masali orqali o‘sha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o‘zaro feodal urushlariga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi. “Zarbulmasal” xalq og‘zaki poetik ijodiniyag talay mazmundor maqollari, masal va hikmatli so‘zlari hamda ta’birlaridan ijodiy foydalanish asosida yaratilgandir.''3arbulmasal" tuzilishi jihatidan xalq ertaklariga o‘xshash bo‘lib, voqea yo‘nalishi (Yapaloqqush bilan Boyo‘g‘li o‘rtasidagi qudachilik munosabatiga bog‘liq holda) qoliplovchi xarakterda bo‘lib, bir qancha mustaqil kichik-kichik voqeaband hikoyalarni qamrab oladi. Voqealarning bunday tasvirlanishi yoshlar va bolalar adabiyotiga xos xususiyatlardan biridir. Bolalar esa bunday asarlarga juda qiziqib qaraydilar. Masaldagi qahramonlar, asrsan, hushlar, hayvonlar bo‘lib, unda Xolboqi misgar, Yodgor po‘stindo‘z va Hofiz eshon kalla kabi kishilar nomi ham berilgan.Farg‘ona iqlimida Kayqubod otliq shohdan qolgan bir eski shahriston bo‘lgan. Unda Boyo‘g‘li yashar ekan. Boyo‘g‘lining Gunashbonu ismli oy yuzli juda go‘zal bir qizi bor edi. Bu shahristondan sal uzoqroqda Yapaloqqush va uning o‘g‘li Kulonkir sulton yashar edi. Yapaloqqush Gunashbonuni o‘z o‘g‘li Kulonkir sultonga olib bermokchi bo‘ladi va Boyo‘g‘lining uyiga Ko‘rqushni sovchi qilib yuboradi. Qizning otasi urug‘-aymoqlari bilan kengashib, bir karorga kelgandan so‘ng javob berajagini bildiradi. Bu xaoar qushlar shohi Malik Shohingacha borib yetadi. Malik Shohin Boyo‘g‘li talab qilgan qalin miqdorini aniqlash va uni tayyorlab qo‘yish maqsadida sinalgan, ishning ko‘zini biladigan xazinachisi Kordonni Turumtoy ismli xizmatkori bilan qo‘shib, Boyo‘g‘lining uyiga jo‘natadi. Kordon Boyo‘g‘lidan aniq javob ololmay, Ko‘rqush oldiga borib, bo‘lgan voqeani unga bayon qiladi. Oxiri Ko‘rqush qizning otasi talab qilgan ming chordevor evaziga uning roziligini olgandan so‘ng Kulonkir sulton to‘y-tomosha bilan Gunashbonuga uylanadi. Gulxaniy “Zarbulmasal” dagi Yapaloqqush, uning o‘g‘li Kulonkir sulton, Boyo‘g‘li, uning qizi Gunashbonu, Ko‘rqush, Xudhud, Sho‘ranul, Malik Shohin, Kordon, Turumtoy kaoi qushlarning o‘zaro suhbat va munozaralari, harakatlari orqali o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy hayotidagi, odamlar orasidagi voqea va munosabatlarni, oilaviy hayotni (quda bo‘lish, qalin to‘lash kabi urf-odatlarni), turli ijtimoiy guruhlarning ma’naviy qiyofasini, ular xarakteriga xos xulq-atvor hamda o‘y-fikrlarni ustalik bilan yoritib beradi. Ayniqsa, hukmron sinf vakillarining hiylagarlik, aldamchilik, maktanchoqlik, xushomadgo‘ylik, laganbardorlik, ochko‘zlik kaoi jirkanch tomonlarini shafqatsiz ravishda fosh etadi. Gulxaniy asarida ilgari surilgan bunday qarashlar orqali bolalarni to‘g‘ri, rostgo‘y, kamtarin qilib tarbiyalashga va ularni hiylagarlik, yolg‘onchilik, maqtanchoqlik va boshqa zararli urf-odatlarga nisbatan nafrat uyg‘otishga katta hissa qo‘shdi. Yapaloqqush ziqna, maqtanchoq, kaltabin va shuhratparast shaxs timsolidir. U shuhrat qozonish, boylik orttirish maqsadida Boyo‘g‘liga quda bo‘ladi. Boyo‘g‘li feodal hukmdorning majoziy timsoli. U o‘zini Kayqubod xarobasining podshosi deb hisoblaydi, hammaga dahshat soladi. Boyo‘g‘li mol-dunyoga o‘ch obraz sifatida tasvirlanadi. Kulonkir sulton amir-amaldorlarga xos mushtumzo‘rlik, talon-toroj, shohona saroy qurib, aysh-ishrat suruvchi, shuhratparast obrazidir. Asardagi Kordon obrazida ayyor, mug‘ambir, mansabparast, maishatparast kishilar tasvirlansa, Ko‘rqush obrazida xushomadgo‘y, subutsiz, munofiq, mustahil ish qilishga qobiliyatsiz kimsalar, Sho‘ranul obrazida esa ayyorlik, mug‘ambirlik, xasislik kabi boy va savdogarlarga xos xususiyatlar ko‘rsatiladi. Din ahllarining nodonligi, ochko‘z, molparast hamda aldamchiligini Sho‘ranul, Boyo‘g‘li va boshqalar tilidan fosh etiladi.

Gulxaniy o‘sha davrdagi hokim ijtimoiy guruhlar vakillarining umumlashma majoziy obrazlarini yaratadi va ularning kirdikorlarini dahshatli hodisalar, vayrona uy-joylar, qabih davr va jamiyatga xos voqealar asosida fosh qiladi. Asarning bosh qahramoni Boyo‘g‘li va Yapaloqqush hokim tabaqa vakillari (amir, xon, feodallar) ni eslatadi. Boyo‘g‘li va Yapaloqqush shoir aytganidek, bo‘ri va tulkilardir. Ular o‘z tabiatlari, mohiyat e’tiborlari bilan falokat va xarobalik tug‘diruvchilardir. Boyo‘g‘li shahar va qishloqlarning vayron bo‘lishidan mamnun. Yapaloqkush ham vayronalikni istaydi. “Zaroulmasal” da kichik-kichik hikoyalar hamda jamiyatning turli ijtimoiy guruh vakillari kirdikorlarini, ularning xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy masallar ham bor. “Maymun bilan Najjor”, “Tuya bilan Bo‘taloq”, “Toshbaqa bilan Chayon” shunday tipdagi hikoyalardir.

“Zarbulmasal” nafaqat o‘zbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan samarali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bog‘lanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyo‘g‘lining quda-anda bo‘lishi sarguzashtlari majoziy, o‘tkir hajviya tarzida tasvirlangan.Gulxaniy qushlarning o‘zaro murakkab munosabatlari asosida o‘z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan.
Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling