Bolalar adabiyotida badiiy obrazning, voqelikning aniq-tiniqligi, ko’rimliligi haqida ma’lumot bering


Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” romanida ilgari surilgan asosiy g’oya


Download 38.43 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi38.43 Kb.
#1410340
1   2
Bog'liq
Abdudilso\'z

Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” romanida ilgari surilgan asosiy g’oya.

O’zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To’xtaboyevning asalari ‎nafaqat respublikamizda, balki chetellarda ham ma’lum va mashhurdir. Qo’lingizdagi “Sariq ‎devni minib” sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo’lib, ularning sevimli ‎kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo’l halol mehnat, yaxshi xulq-odob ‎va qunt bilan o’qishda ekanligi ta’kidlanadi.‎



4. Sharl Perroning “Qizil Shapkacha” ertagi tahlili.
«Qizil qalpoq»chaning yashirin siri nima edi?
Nima uchun kichkina qizaloq bo‘ri bilan gaplashishdan qo‘rqmaydi? Axir bolalar bo‘rini ko‘rishlari bilan qochishlari kerak emasmi? Bu savol ko‘plab ota-onalarni qiziqtirib kelgan. Chindan ham o‘rmonda yolg‘iz ketayotgan qizchaning bo‘ri bilan yuzlashib, u bilan bemalol suhbatlashishi tabiiylikdan uzoqdek. Buvisining qiyofasiga kirib olgan bo‘rini ham tanimasligi g‘alati emasmi? Qizil qalpoqcha g‘ilay yoki ovsar edimi?
Bu g‘alati ertakni tushunish uchun Sharl Perro yashagan davrlarga sayohat qilishimiz kerak. Perroning «Buvi haqidagi ertak» hikoyasi shunday boshlanadi: bir kuni ayol non pishirib qiziga deydi: «buvingni ko‘rib kel, unga issiq bulochka va sut eltib berasan». Qizcha yo‘lga chiqdi. Ikki yo‘lga ajralgan chorrahada esa bzuni uchratdi. U qizdan qayerga ketayotganini so‘radi. Bzu kim edi? O‘sha paytda mahalliy aholida odam-bo‘rilarni bzu deb atashgani ma’lum bo‘lgan. Qizcha ham odam ko‘rinishiga kirib olgan bo‘ridan shu sabab cho‘chimagan, deb taxmin qilinadi. Buvisining qiyofasiga kirib olgan bo‘rini ham taniy olmaydi. Faqatgina og‘zini ochib yirik tishlari ko‘ringachgina bo‘ri ekani ma’lum bo‘ladi.
Perro ertakdagi bzu obrazini nega oddiy bo‘riga almashtirdi? Buning sababi qirol Lyudovik XIV o‘sha davrda mahalliy bid’atlar, folchilik, aql bovar qilmas hodisalar haqdagi rivoyatlarga qarshi kurash ochgandi. Qora kuchlarga tegishli bo‘lgan bo‘ri-odam obrazini ham kitoblarda targ‘ib qilish mumkin emasdi. Sharl Perro, albatta, qirolning buyruqlarini bekamu ko‘st ado etardi. U o‘z ertaklarini yozishda ham qirolga sodiq qoldi, maxluq va yalmog‘izlarni qalamga olmay, barchasiga real yondashishga harakat qildi. Darhaqiqat, uning ertaklari Fransiyada tez ommalashdi.
Perro har bir ertagini masal kabi yozardi. Qizcha va bo‘ri haqidagi bu ertak ham majoziy bo‘lgan. Bo‘ri timsolida yozuvchi yomon odamlarni nazarda tutgan. Ammo ertak oxiri fojiali: bo‘ri qizchani va uning buvisini yeb qo‘yadi. Lekin ertak xalq orasiga kirgach, ota-onalar uni farzandlariga o‘zgartirgan holda so‘zlab berardilar: ovchilar qizchani va buvisini saqlab qolishgan. Aka-uka Grimmlar aynan xalq tanlagan variantni o‘z kitoblariga kiritishgan. O‘shandan beri barcha davlatlardagi nashriyotlar Grimmlarning ertagini chop etib kelmoqda, biroq hech kim asl muallif sifatida Sharl Perroni eslamaydi.
Download 38.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling