179
Nazorat uchun savollar
1. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan
Davlat talablarining I-bobini izohlang.
2. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan
Davlat talablarining II-bobini izohlang.
3. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan
Davlat talablarining III-bobini izohlang.
4. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan
Davlat talablarining VI-bobini izohlang.
5. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan
Davlat talablar necha bobdan iborat?
3.2. Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari
Мактабда хато бўлиши мумкин, коллежда хато бўлиши
мумкин, олийгоҳда хам хато бўлиши
мумкин лекин шу хатоларни
тўғрилашнинг биттаю-битта ягона йўли мактабгача таълим
тарбияга аҳамият беришдир.
Шавкат Миромонович Мирзиёев
1-bob. Umumiy qoidalar
Maktabgacha ta‘lim tashkilotining davlat o‗quv dasturi (quyida:
«MTТ davlat o‗quv dasturi») O‗zbekiston
Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me‘yoriy-huquqiy hujjat bo‗lib,
unda maktabgacha ta‘lim tashkilotining
maqsad va vazifalari, o‗quv-
tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‗oyalari ifodalangan,
shuningdek,
bolaning
ta‘limning
keyingi
bosqichiga
o‗tishidagi
asosiy
kompetentsiyalari belgilangan.
180
Davlat o‗quv dasturi O‗zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan quyidagi ta‘lim muassasalarida qo‗llash uchun majburiy:
- davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari;
- maktabgacha ta‘lim sohasida xizmat ko‗rsatuvchi
nodavlat
muassasalari;
- maktabgacha guruhlarga ega bo‗lgan «Mehribonlik» bolalar
uylari;
- maktabgacha va boshlang‗ich ta‘limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: