Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


V bob. O„quv-tarbiya faoliyati


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

V bob. O„quv-tarbiya faoliyati 
O‗quv-tarbiya faoliyati ―O‗zbekiston Respublikasida ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan Davlat 
talablari‖ asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari o‗quv va tarbiyaviy faoliyatni 
o‗quv yillari bo‗yicha tashkil etadiladi
9

O‗quv yili har yilning 2-sentyabridan boshlanadi va 31-maygacha 
davom etadi.
To‗liq va noto‗liq tayyorlov guruhlari o‗quv-tarbiyaviy jarayonni 
haftasiga 15 soatdan kam bo‗lmagan hajmda tashkil etiladi.
6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash 
bo‗yicha guruhlar davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari bazasida
maktablarda, mahalliy xududlar (mahallalar)da, maktabgacha ta‘lim 
sohasida nodavlat ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatuvchi yuridik shaxslar 
bazasida, shu jumladan, oilaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 
tashkil etilishi mumkin. 
Mazkur guruhlardagi bolalarning ro‗yxati maktabgacha ta‘lim 
tashkiloti joylashgan hududga biriktirilgan maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlarining xodimlari hovlima-hovli, xonadonma-xonadon yurib, 
ko‗rib chiqishlari orqali shakllantiriladi.
6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash 
bo‗yicha guruhlar davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari bazasida, 
maktablarda, mahalliy hududlar (mahallalar)da, maktabgacha ta‘lim 
sohasida nodavlat ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatuvchi yuridik shaxslar 
bazasida, shu jumladan, oilaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida
tashkil etiladi.
Boshlang‗ich ta‘limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‗tgan 
bolalarga davlat namunasidagi boshlang‗ich ta‘limga majburiy bir
yillik tayyorlovdan o‗tganligi haqida sertifikat beriladi.
VI bob. Rejalashtirish 
Rejalashtirish – zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, 
shakllar va metodlarni ko‗rstaish bilan o‗quv-tarbiyaviy ishlarni amalga 
oshirish ketma-ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish 
qanchalik savodli, o‗ylab amalga oshirilgan bo‗lishi butun o‗quv-
tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga bog‗liq bo‗ladi. 
9
―Илм йўли‖ Вариатив дастурига 1-илова, ―Бошланғич таълимга болаларнинг мажбурий 
йиллик тайѐрлаш бўйича гуруҳларда ишловчи педагоглар учун тавсиялар‖. 


210 
Rejalashtirish 
pedagogik 
vaziyat 
rivojlanishidagi 
noaniqlik 
ulushining sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi 
va ertangi kunlardagi harakatlarining izchilligini ta‘minlashga ham 
imkon beradi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-
onalarning hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o‗z vazifalari 
va maqsadlarining anglab etilishiga, maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi 
hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy jarayonga aylantirish istagiga 
asoslanadi. 
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy 
tayyorgarligini, uning tajribasini, o‗z faoliyati natijalarni ko‗ra olish 
mahoratini, ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, MTT dagi ish shart-
sharoitlarini hisobga olish lozim bo‗ladi. 
Ta‘lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga
6
tayanib, unda 
kundalik harakatlar, bolalar o‗yinlari, bo‗sh vaqt va pedagog 
rejalashtirgan ta‘lim-tarbiya ishlarining turlari
7
navbati 
bilan 
ko‗rsatiladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyati ta‘limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog‗liq, 
ovqatlansh va xavfsizlik) qondirish maqsadlarida bolaning yoshga doir 
va individual rivojlanishiga asoslanadigan o‗quv rejasiga muvofiq olib
6
―Ilm yo‗li‖ variativ dasturiga 6-ilova, «Boshlang‗ich ta‘limga 
bolalarning majburiy bir yillik tayyorlash bo‗yicha guruhlardagi 
namunaviy kun tartibi». 
7
―Ilmga yo‗li‖ variativ dasturiga 7-ilova, «Majburiy bir yillik 
tayyorlash guruhida o‗tkaziladigan mashg‗ulotlarning namunaviy 
miqdori» 
berilgan. Ta‘lim-tarbiya faoliyati bolaning kundalik hayotidan va uni 
o‗rab turgan muhitdan
8
kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga 
birlashtiriladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o‗qitish shart-sharoitlariga 
bog‗liq holda integratsiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik 
asosida amalga oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning 
rejasini mustaqil ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Ta‘lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari ajratib 
ko‗rsatiladi: 

yillik mavzuiy rejalashtirish; 

haftalik rejalashtirish. 
Rejalashtirish 
davomida 
faoliyatning 
maqsadlari, 
mavzusi, 
mazmuni va turlari keltirib o‗tiladi. Faoliyatni tanlab olishda ta‘lim-


211 
tarbiya faoliyatining umumiy maqsadlari ham, rivojlanish sohalari 
bo‗yicha 
maqsadlar 
ham, 
faoliyat 
mazmuni 
va 
turlarining 
integratsiyalashuvi ham hisobga olinadi.
Rejalashtirish davomida kun tartibini e‘tiborga olish zarurdir. Kun 
tartibi ish sur‘atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga 
bir tekisda o‗tishga yordam berishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, 
o‗yin maktabgacha yoshda bolaning asosiy faoliyat turi bo‗lib 
hisoblanadi. kun tartibini tuzib chiqishda kunduzgi uyqu (bu hisobga 
olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish vaqti hisobga 
olinadi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling