Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

Yillik mavzu rejasi. Yillik mavzu rejada oy mavzulari, hafta 
mavzulari aks etadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari o‗zlarining yillik 
mavzuiy rejalarini mintaqaviy yoki boshqa o‗ziga xosliklarning hisobga 
olib tuzib chiqishlari ham mumkin. Mazkur mavzuiy reja maktabgacha 
ta‘lim tashkilotining Pedagogik kengashida tasdiqlanadi
9

8
―Ilm yo‗li‖ variativ dasturiga 8-ilova, «Namunaviy yillik mavzuiy 
reja»
9
―Ilm yo‗li‖ variativ dasturiga 10-ilova, «Namunaviy mavzuiy 
rejalashtirish» 
Ish rejasi quyidagilarga imkon beradi

ta‘lim-tarbiyaning faoliyatining maqsadi, strategik va taktik 
vazifalarini aniq ifoda etish; 

ta‘lim-tarbiya ishining mazmunini maqsali belgilash, uning 
vositalari va tashkiliy shakllanini tanlash; 

jamoaning va har bir shaxsning ilgarilanma harakatini rejalashtirib 
hamda tegishli o‗zgartirishlar kiritib borish jarayonida o‗z faoliyatning 
istiqboldagi natijalarini belgilash imkoniyatini yaratadi. 
Ilmiy jihatdan asoslangan aniq-tiniq pedagogik rejaning mavjudligi 
pedagog ishni engillashtirib, uning ijodiy imkoniyatilarini oshiradi.
Ta‘lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va 
ota-onalarning o‗zara hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat 
maqsad va vazifalari tahlil etishga asoslanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta‘limga qo‗yiladigan 
Davlat talablari, bolalarni majburiy bir yillik ta‘limga tayyorlash 
guruhlarda maktabga tayyorlash «Ilm yo‗li» variativ dasturi pedagoglar 
uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi, maktabgacha ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim jarayonini tashkil etishda qo‗llanayotgan eski 
shakl va uslublarni qayta ko‗rib chiqishga undaydi, pedagogik 
tashabbus, tajriba va ijodga keng yo‗l ochadi. 


212 
Haftalik reja. Haftalik reja yillik mavzuiy rejaga tayanadi va o‗z 
ichiga haftaning kichik mavzularini, shu jumladan, shu mavzu bo‗yicha 
mazkur haftada o‗tkaziladigan chora-tadbirlarni oladi.
Haftalik reja hafta mavzusiga mos holda rivojlanishning barcha 
sohalari 
bo‗yicha 
maqsadlarning 
belgilanishiga, 
mos 
holdagi 
markazlarning 
tayyorlanishiga, 
mashg‗ulotlarning 
tasmilanishiga 
yo‗naltiriladi. Hafta mavzusi erkin faoliyatning barcha markazlari orqali 
o‗tishi lozimdir. Haftalik rejada ham guruhdagi, ham tashqarida sayr 
qilish vaqtidagi didaktik o‗yinlar, harakatli o‗yinlar rejalashtiriladi. 
Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi faoliyat turini 
(fal faoliyat/passiv faoliyat; individual (kichik guruhda yoki katta 
guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostidagi) faoliyat, bola rahbarligi ostidagi 
faoliyat) 
va 
uni 
amalga 
oshirish 
joyini 
(xona 
ichidagi 
faoliyat/tashqaridagi faoliyat) hisobga olish bian rejalashtirilishi zarur. 
Haftalik ish rejasi turli-tuman va moslashuvchan bo‗lib hisoblanadi, 
ya‘ni, bolaning qiziqishlarini va ob-havo o‗zgarishlarini e‘tiborga olgan 
holda rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasi bilan almashtirilishi mumkin 
yoki faollik vaqti korreksiyalanishi mumkin bo‗ladi. Masalan, tarbiyachi 
bahorgi gullayotgan boqqa bolalarni olib borishni rejalashtirgan, lekin 
ob-havo yomg‗irli bo‗lsa, u holda bu tadbir xona ichida o‗tkaziladigan 
boshqa tadbir bilan almashtirilishi mumkin. 
Haftalik reja – bu tarbiyachining ishchi jurnali va mashg‗ulotlarning 
konspektidir. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling