Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Tarbiyachining mashg„ulotga tayyorlanishi


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

4. Tarbiyachining mashg„ulotga tayyorlanishi. Mashg‗ulotning 
sifati va uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik 
ko‗rganiga bog‗liq. Mashg‗ulotga tayyorlanish mazmuniga quyidagilar 
kiradi: mashg‗ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo‗yish, 
bolalarni mashg‗ulotga tayyorlash. 
Tarbiyachi bir bo‗limdan bitta emas, balki butun bir mashg‗ulotlar 
sistemasini rejalashtirgandagina ma‘lum natijaga erishishi mumkin. 
Masalan: ―Kiyim qanday tikiladi?‖ mavzusini rejalashtirishda bir qancha 
mashg‗ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni qanday tikish to‗g‗risida 
gapiradi va tikish uchun kerakli narsalarni ko‗rsatadi; yaqinroqdagi 
atelyega ekskursiyaga boriladi gazlamalar to‗g‗risida suhbat o‗tkaziladi. 
Birinchi mashg‗ulotda bolalarning tikish va kiyim to‗g‗risidagi bilimlari 
aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo‗ladigan 
boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko‗rsatib, 
gapirib beradi, qisman tikish jarayonini ko‗rsatadi. 
Ikkinchi mashg‗ulotda bolalar atelyedagi asbob –anjo‗llarni, 
tikuvchilarning ish jarayonini kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr 
tikuv mashinalari, dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) 
bilan tanishishadi va qanday kiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinchi 
mashg‗ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, 
ularni bir –biridan farqlashga o‗rgatiladi. 
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg‗ulot mazmunini 
konkretlashtiradi, bajarish usullarini tanlaydi, bunda albatta bolalarning 
yoshi va imkoniyatlari e‘tiborga olinadi. 
Ba‘zi bir mashg‗ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko‗riladi va u 
rejada ham aks ettiriladi. Masalan, ―Bizning bayram‖ degan mavzudagi 
rasm mashg‗ulotidan oldin bolalar bilan bayramona bezatilgan 
ko‗chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko‗rish, oynayi jahon orqali 
ko‗rsatilgan bayram eshittirishlari bo‗yicha suhbat o‗tkazish mumkin. 
Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg‗ulotga hissiyot tayyorgarligini 
ta‘minlaydi. Tarbiyachi mashg‗ulotning borishini batafsil o‗ylab ko‗radi. 
Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi. 
Masalan, yuqorida aytib o‗tilgan ―kiyim qanday tikiladi?‖ 
mavzusiga oid birinchi mashg‗ulotning borishi quyidagicha bo‗lishi 
mumkin: pedagog bolalarga bir –birlarining kiyim –boshlarini ko‗zdan 
kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 -4 boladan 


37 
so‗ralsa, bunga 3-4 daqiqa kerak bo‗ladi. Keyin tarbiyachi: 
―Kiyimlaringizni kim bergan?‖, ―Magazindan tayyor holda sotib 
olinadigan kiyimlar qayerda tikilishini kim biladi?‖, ―Tikish uchun 
qanday buyumlar kerak?‖ degan savollarni beradi. Bu savollarga javob 
berish ham 3-4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, 
andaza, qaychi, santimetr, igna, angishvona, tikuv mashinasini ko‗zdan 
kechirish va har bir buyumning vazifasini so‗zlab berish taklif etiladi. 
Bunga 8 -10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg‗ulotning o‗zida tarbiyachi 
qo‗g‗irchoq kiyimi tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo‗yicha 
fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho‗ntakni tikish, qo‗lda 
tugmalarni qadash va tikishdagi ketma–ketlik haqida gapirib berishi 
kerak. Bunday mashg‗ulot 20 -25 daqiqa davom etadi.
Mashg‗ulotga tayyorgarlik ko‗rishda tarbiyachi tegishli metodik 
adabiyotlardan foydalanadi. 
Murakkab mashg‗ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo 
etadi. Unda mashg‗ulotning mazmuni (ta‘lim va tarbiyaviy vazifalar), 
tayyorlanishi kerak bo‗lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan 
daslabki ishlar (agar bunga zarurat bo‗lsa), mashg‗ulotning borishi va 
tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko‗rsatiladi. Mashg‗ulot 
jarayonini bayon yetib yozishda mashg‗ulotning boshi va oxirida yakun 
chiqarish va keyingi faoliyat turiga o‗tishda) bolalarni uyushtirish va 
keyingi faoliyat turiga o‗tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib 
ko‗rsatish kerak. 
Mashg‗ulot muvaffaqiyatli o‗tishi uchun jihozlarni o‗z vaqtida 
tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg‗ulotning mazmuniga va 
tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog‗liq. 
Odatda metodika xonasida ―Bolalar bog‗chasida ta‘lim tarbiya 
dasturi‖ning hamma bo‗limlari bo‗yicha metodik qo‗llanmalar bo‗ladi. 
Yetishmaganini tarbiyachi o‗zi tayyorlaydi, ba‘zan bu ishga katta va 
tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg‗ulot uchun kerakli 
materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik 
materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi. 
Agar tarbiyachi ekskursiya o‗tkazadigan bo‗lsa, u oldindan 
ekskursiya o‗tkaziladigan joyga borib kelishi, kuzatish uchun obyekt 
tanlashi, bolalarni qanday joylashtirishni o‗ylab qo‗yishi, eng yaqin va 
xavfsiz avtomabillarni atalashi kerak. Mayda sanoq materiali, rasm 
mashg‗uloti, applikasiya, qurish –yasash, uchun materiallar, she‘r, ertak 
matnlari 
oldindan 
tayyorlab 
qo‗yiladi. 
Ba‘zi 
mashg‗ulotlarga 
tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga 


38 
ekish yoki ko‗chat o‗tqazishga qiziqish uyg‗otish uchun ularga ko‗karib 
turgan o‗simlikgi ko‗rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish 
zarur. 
Navbatchilar mashg‗ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, 
stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo‗llanma va materiallarni qo‗yib 
chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg‗ulotlaridan oldin bolalar 
poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling