Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


 Stol ustiga qo„yib o„ynaladigan o„yin qo„Ilanmalar


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

4. Stol ustiga qo„yib o„ynaladigan o„yin qo„Ilanmalar. Suratlar, 
predmetli loto, domino tipidagi xilma-xil o‗yin qo‗llanmalari, tematik 
o‗yinlar ("Qayerda nima o‗sadi?", "Bu qachon bo‗ladi?", "Bu kimga 
kerak?" va boshqalar); harakat aktivligi, mahorat va xokazolarni talab 
etadigan o‗yinlar ("Uchuvchi qalpoqchalar", "Mo‗ljalga tekkiz" va 
boshqalar); mozaika tipidagi o‗yinlar stol ustida o‗ynaladigan o‗yinlar 
qatoriga kiradi. Stol ustida o‗ynaladigan bosma o‗yinlar bolalarning ong 
- bilim doirasini kengaytirishga, o‗stirishga yordam beradi, idroklilikni, 
o‗rtog‗ining harakteriga e'tibor berishni, o‗yinning o‗zgaruvchi 
sharoitlariga qarab ish ko‗radi, o‗z yurishi natijalarini oldindan ko‗ra
bilish uquvini rivojlantiradi. O‗yinda ishtirok etish sabr -toqat, 
qoidalarga qat'iy rioya qilishni talab etadi va bolalarga katta quvonch 
baxsh etadi. 
Kichkintoylarga mo‗ljallangan o‗yin mazmuni ular uchun 
tushunarli bo‗lishi kerak. Loto kartochkalarida, juft - juft suratlarda, 
buklama kitoblarda o‗yinchoqlar, uy-ro‗zg‗or buyumlari, eng oddiy 
transport vositalari, sabzavotlar, mevalar tasvirlanadi. Asosiy kartadagi 
suratlarga mos keladigan juft suratlar tanlash, rasmda tasvirlangan 


65 
predmetni, uning biror sifatini aytish bolalarning lug‗at boyligini, 
qisqacha tushintiruvchi nutqini rivojlantiradi. 
Katta guruh bolalari uchun stol ustida o‗ynaladigan bosma o‗yinlar 
qiziqarli bo‗lib, ularda tabiat xodisalari aks ettiriladi, turli xil transport 
tasvirlanadi, "Kim nimada yuradi, suzadi, uchadi", ertak qahramonlari 
ishtirok 
etadi. 
Bu 
va 
shunga 
o‗xshash o‗yinlar bolalardan 
mashg‗ulotlarda, ekskursiyalardagi kuzatish prosessida o‗zlashtirilgan 
bilimlarni eslash va qo‗llashni talab etadi. Katta yoshdagi bolalar uchun 
mazmunida, o‗yin harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik, aniqlik, 
tezkorlik, idroklilik elementlari bor bo‗lgan o‗yinlar qimmatli va 
qiziqarlidir. Har bir bolalar bog‗chasida juda ham rang-barang o‗yinlar 
yig‗indisi bo‗lishi hamda mustaqil faoliyat uchun ajratilgan vaqtda 
bolalarning ulardan bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi kerak. 
Ovutuvchi - o‗yinlar alohida guruhni tashkil etadi. Ularda 
ajoyiblik, kutilmaganlik, kulgililik elementlari aniq ifodalangan bo‗lib, 
hazil, yumor bor. Ularning asosiy vazifasi - bolalarni xursand qilish, 
kuldirishdan iborat. Ko‗pchilik o‗yinlarning mazmuni va qoidalari yoki 
tez bajariladigan o‗yin harakatlarini, yoki kichiklashtirilgan harakatlarni 
talab etadi. Ularning ba'zilari tez, ko‗pincha tasodifiy reaksiya uyg‗otadi, 
boshqalari esa bolalarni irodaviy zo‗r berishga o‗rgatadi.
"Quyonchani 
tutib 
ol", 
"Qo‗ng‗iroqchali 
bekinmachoq", 
"Suratlarni kim tezroq yig‗adi" kabi o‗yinlar ovituvchi - o‗yinlar
qatoriga kiradi. 
Ijodiy o‗yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni 
tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o‗yin faoliyati tizimida asosiy 
komponent sifatida o‗z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va 
personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o‗yinlarda hayoliy vaziyatning 
mavjud bo‗lishi bolaning tafakkurini o‗stirib, sujet va rollar o‗yin 
mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o‗yinlaming o‗ziga xos 
sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi — bolalaming kattalar bilan 
birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning 
yoshiga qarab, o‗yin mazmuniga qarab o‗zgarib boradi. Kichik yoshdagi 
bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar 
bo‗lsa, bola katta bo‗lgan sari o‗yindagi kattalar harakatlarini va 
munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo‗lib xizmat qiladi. 
Shunga ko‗ra, o‗yinlami sujeti, mazmuniga ko‗ra 3 guruhga bo‗lish 
mumkin: 
1. Maishiy o‗yinlar (oila, bolalar bog‗chasi va boshqa voqelikni aks 
ettiradigan). 


66 
2.Mehnat mavzusidagi o‗yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok 
etish, o‗z-o‗ziga xizmat va b.). 
3.Ijtimoiy mavzudagi o‗yinlar. 
Milliy xalq o‗yinlari ikki guruhga bo‗linadi: 
1. Milliy harakatli o‗yinlar. 
2. Milliy xalq o‗yinlari. 
Milliy harakatli o‗yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari 
bilan aloqador bo‗lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda 
rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan 
baquvvat, sog‗lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo‗lib 
o‗sishlarida muhim omil bo‗lib hisoblanadi. Xalq milliy o‗yinlarida 
millatning o‗tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter 
xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir. 
1-2 yoshli bolalar bilan o‗ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqa-
barmoq», «G‗oz-g‗oz», «G‗oz tursin», «Bo‗p-bo‗p», «Toy-toy», 
«Poyezd», «Achom-achom» o‗yinlari go‗dak endi bir-ikki qadam 
tashlashni o‗rganayotgan vaqtda gavdasini to‗g‗ri tutishga yordam 
beradigan o‗yinlar hisoblanadi. 
3-4 yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari: «Ot o‗yin», «Kesak 
qo‗ydi», «Ko‗z boylagich», «Guli chambar», «Aval-akam», «Tayoq 
irg‗itish», «Quloq cho‗zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», 
«Uchdi-uchdi». 
4-5 yoshli bolalar bilan o‗ynaladigan o‗yin turlari: «Chir aylanma», 
«Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‗yin», «Ko‗pkari», 
«Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan». 
Katta yoshdagi bolalar uchun o 'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga 
tort», «Do‗ppi yashirma», «Charxpalak», «Besh tosh», «0q terak-mi ko‗k 
terak». Bu o‗yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‗z-o‗zini boshqara olish 
va o‗ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko‗nikmalari shakllanadi, 
fikrlashga o‗rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob 
bo‗lishga tayyorlanib boriladi. 
Xalq milliy o‗yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, 
estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‗z Vatanini 
sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini 
hurmat qilish, milliy kuy va qo‗shiqlardan zavqlanish tuyg‗ulari, 
shuningdek o‗sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr toqatlilik, 
tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. 
Xalq milliy o‗yinlarini maktabgacha ta‘lim muassasalarida tashkil 
etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: 


67 
- xalq milliy o‗yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‗llari, 
usullari hamda uslublarini ishlab chiqish; 
- milliy o‗yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf-
odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida 
tarbiyalashda xalq milliy o‗yinlaridan maqsadli foydalanish; 
- xalq ertaklari, xalq og‗zaki ijodi durdonalaridan unumli 
foydalanish; 
- bolalarning o‗ynashlari uchun shart-sharoit (o‗yin uchun jihozlar, 
atributlar) yaratish; 
- maktabgacha ta‘lim muassasalari, oila va mahallalar o‗rtasida 
milliy o‗yinlar bo‗yicha ko‗rik tanlovlari va musobaqalar o‗tkazish. 
Xalq harakatli o‗yinlarini tashkil etish va bolalarga o‗rgatishda 
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 

bolani ruhiy jihatdan o‗yinga tayyorlash; 

o‗yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh 
xususiyatlariga e'tibor berish; 

har 
bir 
o‗yinning pedagogik tomonlarini nazardan 
qochirmaslik; 

o‗yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan boglagan holda 
hayotga tatbiq etish; 

o‗yin davomida o‗zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash; 

jamoa bo‗lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga 
hurmat va e'tiborli bo‗lish. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling