Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Didaktik o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlar


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

2. Didaktik o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlar. Didaktik o‗yin 
ayni zamonda ko‗proq kichik bolalar uchun xos bo‗lgan o‗qitish 
(o‗rgatish) formasidir. Uning manbalari xalq Pedagogikasida bo‗lib, 
unda qo‗shiq aytib, turli xarakatlar bajarib o‗ynaladigan o‗yinlarni birga 
qo‗shish asosida ko‗pgina ta‘limiy o‗yinlar yaratilgan. Tadbirlarda
qo‗shiq aytib o‗ynaladigan o‗yinlarda "Ladushki", "Qushim boshi", "Oq 
terakmi - ko‗k terak" kabi o‗yinlarda ona bolasining diqqat e'tiborini 
tevarak - atrofdagi narsalarga qaratadi, ularni nomini aytadi. 
Didaktik o‗yinda bolalarning o‗yin faoliyati uchun xos bo‗lgan 
barcha strukturali elementlar g‗oya, mazmun, o‗yin xarakatlari, qoidalari 
va natija bor. 
Didaktik vazifaning borligi o‗yinning ta‘limiy xarakterini, uning 
mazmuni bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilganligini 
ta'kidlaydi. Mashqulotlarda bolalar oldiga to‗g‗ridan -to‗g‗ri vazifa 
qo‗yiladi. Masalan: "Sehrli qalpoqchalar sirini ochamiz" o‗yinida 
tarbiyachi bolalarni narsa haqida gapirib berishga o‗rgatish, ularning 
ravon nutqini rivojlantirish vazifasini qo‗yadi. O‗yin vazifasi - 
qalpoqcha ostidagi narsani bilib olishdan iborat bo‗ladi. O‗yin vazifasi 
ba'zan o‗yinning nomida berilgan bo‗ladi: "Ajoyib xaltachada nima bor 
ekan, bilib olamiz", "Kim qaysi uychada yashaydi" va hokazo. O‗yinga 
qiziqish uni bajarishga intilish o‗yin xarakatlari bilan aktivlashadi. Ular, 
o‗yin xarakatlari qanchalik xilma-xil va mazmunli bo‗lsa, bilish va o‗yin 
vazifalari shunchalik muvaffaqiyatli hal qiladi. 


62 
Bolalarni o‗yin harakatlariga o‗rgatish darkor. Shundagina o‗yin 
ta‘limiy harakter kasb etadi va mazmunli bo‗ladi. O‗yin harakatlariga 
esa o‗yinda sinash maqsadida yurish, harakatning o‗zini ko‗rsatish, 
obrazni ochib berish va hakazolar orqali o‗rgatiladi. 
Kichik 
bolalarning 
o‗yinlarida o‗yin harakatlari barcha 
o‗ynovchilar uchun bir xil. Bolalar uchun o‗yin vazifasi – ma‘lum 
masofadan turib sharni darvozaga dumalatish kerak, bunda to‗p 
darvozadan o‗tayotganda unga osib qo‗yilgan qo‗nqiroqchalar jaranglab 
ketishi lozim. 
Bolalarni guruhlarga ajratilsa yoki o‗yinda rollar bo‗lsa, o‗yin 
harakatlari xilma-xil bo‗ladi. Masalan, "Do‗kon" o‗yinida xaridorlar 
harakati sotuvchilar harakatiga qaraganda boshqacha, topishmoq aytish 
va uni topish o‗yinlarida topishmoq aytuvchilar bilan jumboqni 
topuvchilarning o‗yin harakatlari turlicha bo‗ladi va hokazo. 
O‗yin harakatlari hajmi ham turlicha bo‗ladi. Kichik guruhlarda - 
ko‗proq takrorlanadigan (bir - ikkita) harakatlar bajariladi, katta guruhda 
esa o‗yin harakati besh - oltita harakatni o‗z ichiga oladi. Sport 
xarakteridagi o‗yinlarda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning 
o‗yin harakatlari vaqt jixatidan bo‗lib yuboriladi va ketma-ket amalga 
oshiriladi. Keyinchalik, o‗yin harakatlarini o‗zlashtirib olgach, bolalar 
biror maqsadni ko‗zlab, aniq, tez, bir - birlari bilan kelishib harakat 
qiladilar va o‗yin vazifasini yaxshi bilib olgan sur'atda xal etadilar. 
Qoida didaktik o‗yin elementlaridan biridir. U ta‘lim vazifasi 
hamda o‗yin mazmuni bilan belgilanadi va o‗z navbatida, o‗yin 
harakatlari xarakteri va uslubini belgilab beradi, bolalarning hatti-
harakatini, ular bilan tarbiyachi o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni yo‗lga 
qo‗yadi va boshqaradi. Qoidalar yordamida tarbiyachi bolalarda 


63 
o‗zgaradigan sharoitda yo‗l topib olish qobiliyati, paydo bo‗lgan 
istaklaridan o‗zini tiyish, emotsional - irodaviy zo‗r berish malakasini 
shakllantiradi. Buning natijasida bolalarda o‗z xarakatlarini boshqarish
ularni boshqa o‗ynovchilar xarakatlari bilan bog‗lash qobiliyati
rivojlanadi. 
O‗yin qoidalari ta‘lim beruvchi (o‗rgatuvchi), uyushtiruvchi va 
tartibga (intizomga) soluvchi xarakterga ega. Ta‘lim beruvchi qoidalar 
bolalarga nimani qanday bajarish kerakligini o‗rgatishga yordam beradi; 
ular o‗yin xarakatlari bilan bog‗liq bo‗ladi, ularning rolini oshiradi, 
bajarish usullarini aniqlashtiradi; qoidalarning uyushtiruvchi xarakteri 
o‗yindagi tartib, izchillik va bolalarning o‗zaro munosabatlarini belgilab 
beradi; o‗yinning intizomga soluvchi xarakteri esa nimani qilish mumkin 
emasligini va nima uchun shunday qilmaslik kerakligini oldini oladi. 
Tarbiyachi qoidalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi, o‗yinda 
ularni ko‗paytirib yubormasligi, ulardan faqatgina zarurlarigina 
qo‗llanishi kerak. 
Tarbiyachi tomonidan o‗rnatilgan o‗yin qoidalarini bolalar asta-
sekin o‗zlashtirib oladilar. Shularni e‘tiborga olib, ular o‗zlari va 
o‗rtoqlari hatti - harakatlarining to‗g‗riligini, o‗yindagi o‗zaro 
munosabatlarni baholaydilar. 
Didaktik o‗yin natijasi - har qanday yo‗l bilan erishilgan 
g‗alabagina emas, balki bolalarning bilimlarini o‗zlashtirishda, aqliy 
faoliyatini rivojlantirishda, o‗zaro munosabatlarda erishgan yutuqlari 
ko‗rsatkichidir. O‗yin vazifalari, harakatlar, qoidalar, o‗yin natijasi bir-
biri bilan o‗zaro bog‗langan, ana shu tarkibiy qismlardan bo‗lmasligi, 
o‗yinning bir butunligini buzadi, uning ta‘lim va tarbiyaviy ta'sirini 
kamaytiradi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling