Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Nazorat ucun savol va topshiriqlar


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

Nazorat ucun savol va topshiriqlar: 
1. Modellashtirish nima? 
2. Tekshirish va baholash deganda nimani tushunasiz? 
3. Ko‗rgazmali va og‗zaki metod deganda nimani tushunasiz? 
2.3. O„yin va o„yin mashqlaridan foydalanish 
 
1. O„yin turlarining o„ziga xos xususiyatlari 
O‘yinning turlari: Bolalar o‗yinlari o‗zining rang -barangligi bilan 
ajralib turadi. Ular o‗z mazmuni va tashkil etilishiga ko‗ra ,bolalarga 
ta'sir darajasiga ko‗ra ,turlichadir. Bolalarning barchasi bolalar 
o‗yinlarini to‗g‗ri rahbarlik qilishi uchun ularni albatta guruhlash 
zarur.Pedagogika o‗yinlarini 2 ta katta guruhga bo‗lish juda keng 
tarqalgan; ijodiy o‘yinlar va qoidali o‘yinlar . 
Ijodiy o‗yinlarning mazmunini bolalarning o‗zlari o‗ylab topadilar 
va ularning o‗z ta‘surotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda 
unga munosabatlarini aks ettiradilar. 
Qoidali o‗yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib 
kiritiladi .Mazmunli qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli 
yoshdagi bolalarga mo‗ljallangan bo‗ladi. Tayyor qoidali o‗yinlarning 


60 
katta guruhini halqa o‗yinlari tashkil etadi , ularning ko‗plari avloddan 
avlodga o‗tib , bizga yetib kelgan . 
O‘yinning tuzilishi: O‗yin bu bola faoliyatining turi. Shunday 
ekan, barcha faoliyatda bo‗lgani kabi unda ham qator hislatlar; 
maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining asosiy 
savollar harakatlar, natijaning mavjudligi kabilar hosdir. 
Bola o‗yindagi maqsadiga erishish uchun o‗ziga sheriklar tanlaydi, 
zarur o‗yinchoqlarni topadi, o‗yin davomida muayyan harakat va qiliqlar 
qiladi, o‗yinchilar bilan hilma hil muloqotlarga kirishadi.Bola maktab 
yoshiga kelib o‗yin mavzusi va 
mazmunini 
kelisha 
oladigan 
ro‗llarni 
taqsimlaydigan, 
o‗z 
o‗yin faoliyatini ruhiy tarzda 
asosiy savollashtiradigan bo‗ladi. 
Boshqa faoliyat turlarida bo‗lgani 
kabi o‗yin jarayoniga bolaning 
butun shaxsiyati; uning pisixik 
bilish 
jarayonlari, 
irodasi, 
hissiyoti va ta‘sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi. O‗yinda 
bola faol harakat qiladi, gapiradi, o‗z bilimlarini qo‗llaydi. 
Didaktik o‘yinlar ta‘limiy o‗yin sifatida bolalarning yosh 
xususiyatlariga mos keladigan o‗yinlar sirasiga kiradi. Didaktik 
o‗yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‗yinda 
o‗yin niyati, o‗yin qoidalari, o‗yin harakatlari o‗rtasida uzviy aloqa 
mavjud. O‗yin niyati o‗yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‗yin qoidasi 
esa, o‗yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‗yindagi harakatlarni 
amalga oshirishga yordam beradi. 
Didaktik o‗yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib 
boriladi. Bu o‗yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, 
sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‗yin 
qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‗yin mazmunini boyitadi. 
Didaktik o‗yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. 
Bolaning kun tartibida didaktik o‗yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. 
Bunday o‗yinlar mashg‗ulot jarayonida va o‗yindan tashqari vaqtlarda 
guruh yoki yakka-yakka o‗tkaziladi. Bunda o‗yin mazmuni va natijasi puxta 
aniqlanadi. Didaktik o‗yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak: 

navbatma-navbat ta'sir etish; 

so‗ralganda javob berish; 

o‗rtoqlari fikrini eshita olish; 


61 

o‗yin jarayonida boshqalarga halaqit bermaslik; 

o‗yin qoidasini bajarish; 

o‗z xatosini tan olish. 
Didaktik o‗yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini 
hisobga olish lozim. O‗yinda o‗yin tempi va ritmi katta rol o‗ynaydi, juda 
sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‗p kuttiradi, juda tez temp esa 
bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar 
tomonidan o‗yin ishtirokchilarini to‗g‗ri baholash muhim ahamiyatga ega. 
Didaktik o‗yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va 
o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-doska; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari. 
Buyum va o 'yinchoqlar bilan o 'ynaladigan o 'yinlar bolaning ilk 
yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‗ynaladigan o‗yin 
turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‗yin asosini 
tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, 
foydali tomonlari to‗g‗risida umumiy tushuncha.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling