Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. MATEMATIK TASAVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING UMUMIY MASALALARI
- 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda matematik talimning ahamiyati.
9 I BOB. MATEMATIK TASAVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING UMUMIY MASALALARI 1.1. Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda matematik ta'limning ahamiyati. Yosh avlodni o‗z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruhida jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‗lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan shug‗ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi. 1. O‗zbekiston Respublikasi ta‘lim to‗g‗risidagi Qonuni (2020 yil) uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‗yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog‗liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o‗quv yurtlaridagi ta'lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. MTTarini tayyorlash tizimida matematik tassavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o‗rin tutadi. So‗nggi yillarda mamlakatimizda MTTda matematika o‗qitish butun sistemasida o‗z ko‗lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‗lgan o‗zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‗yilishi MTTlarida matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o‗zgarishiga olib keldi. 10 Maktabgacha ta‘limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo‗lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini egallab, chuqur o‗zlashtirib olmog‗i lozim. 2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o‗qitishda ko‗zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‗qitiladi, o‗rgatiladi?). 2. Maktabgacha ta‘limda matematika o‗qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‗rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‗ladi. 3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‗qitish kerak?), ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‗lgan bilimlarni, malakalarni, ko‗nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‗lishlari uchun o‗quv ishlari metodikasi qanday bo‗lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‗qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko‗rsatma qo‗llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o‗qitish). 5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg‗ulotdan tashqari formalarini qanday o‗tkazish kerak?) Mashg‗ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‗tkazish kerak? Mashg‗ulot protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?). Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling