Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Rejalashtirishga o„zgarishlar kiritish uchun


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/115
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1760837
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish

Rejalashtirishga o„zgarishlar kiritish uchun. Pedagog kuzatish 
natijalaridan foydalanib, u yoki bu narsani o‗zgartirishga ehtiyojni
bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda rejaga qanday o‗zgartirishlar 
kiritish lozimligini aniqlaydi.
Ota-onalar va MTM mutaxassislari foydalanishi mumkin 
bo„lgan ma‟lumotlarni olish uchun. Kuzatish bolalarni, ularning 
qiziqishlari, yutuqlari, muloqot va o‗zaro aloqa ko‗nikmalarini, 
muammolarini, alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarning 
asosliligini ta‘minlashga yordam beradi.
Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bolalar
ularning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlari haqida ko‗proq 
bilishga ko‗maklashadi. Bunday ma‘lumot almashuv chinakam 
hamkorlik muhitini vujudga keltiradi.
 
8.2.Muvaffaqiyatli kuzatishning o„ziga xosliklari: 
Bola haqida ma‘lumot to‗plash va baholash aniq maqsadga 
yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. 
Ma‘lumotlarni to‗plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, 
onda-sonda emas, joriy xarakterga ega bo‗lishi lozim. 


220 
Kuzatish jarayonida to‗plangan ma‘lumotlar hujjatlashtirilishi va 
tahlil qilishini darkor. 
Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish 
natijalari tashkil etishi bolalaning haqiqiy imkoniyatilarini bilish va 
tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borishi yoki 
aksincha, qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlashga imkonini beradi.
Bola haqida ma‘lumot to‗plashda har tomonlama yondashish, uning 
ayrim xislatlariga (ijobiy yoki salbiy bo‗lishidan qat‘i nazar) sun‘iy 
ravishda alohida urg‗u berishga yo‗l qo‗ymaslik darkor. 
Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli 
jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday 
yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o‗ziga xos 
tayanch sifatida xizmat qiladi. 
Kuzatish mezonlari (bola haqida ma‘lumot to‗plash yo‗nanalishlari) 
6-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga 
asoslanishi zarur. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling