Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Kariyes profilaktikasida qo`llaniladigan, tarkibida ftor tutmaydigan


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261
 
1.18. Kariyes profilaktikasida qo`llaniladigan, tarkibida ftor tutmaydigan 
mineral preparatlar.
 ................................................................................................396
 
1.19. Tish fissuralari va ularni muxrlashning kariyes profilaktikasidagi 
ahamiyati.
 ....................................................................................................................400
 
1.20. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklarining profilaktikasi.
 ..............403
 
Mustaqil o`rganish uchun test savollari
 ....................................................................407
 



SO`Z BOSHI 
 
Ma’lumki tishlar kariyesi va parodont kasalliklari yer shari aholisi 
o`rtasida eng ko`p tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi va ularni bartaraf 
qilishga qaratilgan sarf harajatlar davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir 
etadi. Lekin, eng asosiysi bu kasalliklar o`z asoratlari bilan inson 
salomatligiga chuqur putur yetkazishi mumkin. 
So`ngi ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston Respublikasi hududida, 
shaharda yashovchi bolalarda kariyes kasalligining tarqalishi 6 yasharlar 
orasida 87,76% ni, 12 yashar bolalar orasida 68,04% ni, shunga mos 
ravishda kariyes jadalligi 3,96 va 1,49 ko`rsatkichni tashkil etadi. 
Voyaga yetganlar va kattalar orasida (33-44 yosh) kariyes tarqalish 
ko`rsatkichi 97,37% ni, jadallik ko`rsatkichi esa 8,37 ga tengdir. Qishlok 
sharoitida yashovchi 6 yasharli bolalar o`rtasida kariyes tarqalishi 
80,91%, uning jadalligi esa 3,3 ni, 12 yoshlilarda 66,2% va 1,69 ni 
tashkil qilsa, katta yoshdagi kishilar orasida bu ko`rsatkichlar 93,8% va 
7,37% ni tashkil etadi. Respublikamizda kariyes tarqalishining o`rtacha 
ko`rsatkichi 81,8% ni tashkil etsa, parodont kasalligi 12,3% dan 
(bolalarda)-53,7% ni (kattalarda) tashkil qilar ekan (S. X. Yusupov. 
1999 y). 
Zikr etilganlar shuni ko`rsatadiki Respublikamiz hududlarida 
asosiy stomatologik kasalliklar ancha keng ko`ulamda tarqalgan bo`lib, 
ularning jadallik darajasi ham ancha yuqori. Shularni inobatga olgan 
holda Respublikamiz hukumati bolalar salomatligini muxofaza qilish 
maqsadida ishlab chiqqan «Sog`lom avlod» dasturida mazkur kasalliklar 
profilaktikasi ham o`z aksini topgan. 
Stomatologik kasalliklar prfilaktikasi-bu og`iz bo`shlig`i a’zolari, 
tishlar kariyesi va parodont kasalliklarini, ularning rivojlanishini 
kompleks tadbir choralar ishlab chiqib tadbiq qilish asosida oldini 
olishdan iboratdir. Bugungi kunga kelib shu narsa ochiq oydin ma’lum 
bo`ldiki yuqori malakali davolash ishlarini amalga oshirish bilan kariyes 
va parodont kasalliklarining tarqalishi va jadalligini pasaytirishning iloji 
yo`q ekan. Kariyes va parodont kasalliklarining keng tarqalganligini 
bugungi kunda ushbu xastaliklarning etiologiyasi va patogenezi bir 


10 
muncha o`rganilganligini inobatga olinganda, ularni kamaytirishning 
birdan bir yo`li mazkur kasalliklarni oldini olish borasida samarali, 
ommaviy usullarni qidirib topish va tadbiq qilish stomatologlar oldida 
turgan asosiy vazifa ekanligi ko`rinadi. 
Jaxon 
stomatologiyasi 
amaliyoti 
ma’lumotiga 
ko`ura 
mamlakatlarda samarali profilaktik tadbir choralar majmuini omma 
o`rtasida dastur sifatida qo`llash va shu asosida ishlar olib borish
yuqorida keltirilgan kasalliklarni sezilarli darajada kamayishiga sabab 
bo`lar ekan. Eng asosiysi profilaktika yo`li bilan tishlar salomatligini 
yaxshilash, ularning kasalliklarini va asoratlarini davolash yo`li bilan 
bartaraf qilishdan 20 marotaba arzonga tushar ekan. 
Ma’lumki, tish emalida kechadigan mineral tuzlar almashinuvining 
dinamik muvozanati buzilgan taqdirda kariyes xastaligi rivojlanadi. 
Kariyes boshlanishining asosiy belgisi o`choqli demineralizatsiya 
jarayoni bo`lib hisoblanadi va bu jarayon o`z vaqtida aniqlansa uni 
remineralizatsiya chaqiruvchi preparatlardan foydalanib bartaraf etish 
mumkinligi bugungi kunda xech kimga sir emas. 
Parodont kasalliklarini ham o`rganish profilaktik tadbir choralarini 
samarali usullarini ishlab chiqib, ularni amaliyotda qo`llash bu kasallikni 
oldini olish, tarqalishini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligini 
ko`rsatdi. 
Jaxon Sog`likni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda 
bolalar o`rtasida parodont kasalligining tarqalishi ancha yuqori bo`lib 
70% ni tashkil qilar ekan. Jumladan bular ichida 80% - surunkali 
gingivitni, 10% -gipertrofik gingivitni tashkil qilsa, 10% i – 
parodontitlarga to`g`ri kelar ekan. Parodont xastaligi mavjud bulgan 
bolalarning asosiy qismida og`iz bo`shlig`i gigiyenasining pastligi
tishlar qatori anomaliyalarining mavjudligi va boshqa mahalliy faktorlar 
borligi aniqlangan. 
Mazkur darslikda bolalar o`rtasida uchraydigan nokariyes 
kasalliklari, og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi kasalliklari kariyes asoratlari, 
parodont kasalliklarini bartaraf qilish kompleks chora-tadbirlari 
birlamchi va ikkilamchi profilaktika tadbir choralari sifatida talabalarga 
taqdim etilgan. 


11 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling