Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`g`il bolalarda uchraydigan yopishgan X-xromosomali
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5. O`g`il bolalarda uchraydigan yopishgan X-xromosomali
dominant gipoplastik silliq ITA. Asosiy belgilari: faqat o`g`il bolalarda uchraydi, tishlar emal qavati barcha soxalarda ozroq yupqalashgan, silliq, yaltiroq, oldingi gurux tishlarda och-sariq, chaynov tishlarda sarg`imtir –jigarrang tusda bo`ladi. Tishlar oralig`ida tremalar mavjud. Emal giperesteziyasi va siyqalanishi kuzatiladi. Sut va doimiy tishlar shikastlanadi. 132 6. Qiz bolalarda uchraydigan yopishgan X-xromosomali dominant gipoplastik yo`l-yo`l egatchali ITA. Asosiy belgilari: tishlarni vestibulyar va lunj yuzalarida emal satxida bo`ylamasiga yunalgan yullar va egatchalar mavjud. Emal qattiqligi buzilmagan, dentin qavat egatchalar soxasida bir muncha yupqalashganligi aniqlanadi. Ba’zi bir egatchalar tubida qo`shimcha chuqurchalar mavjud bo`lib, ular tubida emal juda yupqalashgan yoki mutlaqo bo`lmaydi. Dentin qavat shu soxalarda ochilib qolgan. Kasallikning mazkur belgilari simmetrik xolda joylashgan bo`lib, xar xil o`lchamlarga va chuqurlikka ega. Ular bir-biridan xar xil masofada joylashishi mumkin. Qo`shimcha chuqurlarda emalning qoramtir tus olganligini ko`ramiz. Emal to`qimasi bo`ylama yo`llarda tiniqligini bir muncha yo`qotgan bo`lsa, egatchalarda u sariq tus olgan bo`ladi. Tishlar orasida tremalar kuzatilmaydi. Sut va doimiy tishlarning zararlanishi son jixatdan xar xil bo`lishi mumkin. Autosom-resessiv gipoplastik notekis ITA. Yangi chiqayotgan tishlarda ularning toj qismi emal qavatining yupqaligi va emal to`qimasining yorilishi natijasida shakli o`zgarib, o`lchamlari kichrayganligi kuzatiladi. Emal qavatining yupqalashishi va tezda yorilib, bo`laklarga bo`linishi ko`proq tishlarning vestibulyar yuzasida va lunj yuzasida qayd etiladi. Tishlar toj qismida saqlanib qolgan emal to`qimasi yupqa, bo`lak-bo`lak orolchalar sifatida ko`rinadi va ularni dentin to`qimasidan ajratishga urinishlarda sinib yoki to`liq ko`chib chiqishi kuzatiladi. Bu xolat emal to`qimasini dentin bilan o`zaro birikishini susayganligini va emal mo`rtlashib qolganini ko`rsatadi. Bo`laklarga bo`lingan emal orolchalari tishlar satxida notekis yuzalar paydo qiladi. Tishlar bo`yin soxasida emal bir muncha qalin bo`ladi. Tishlarning kontakt va tanglay yuzalarida emal ko`proq saqlangan. Xar xil tishlar guruxida tishlar rangi-tusi xar xil. Oldingi tishlarda och-sariqdan, chaynov tishlarida to`q-jigarranggacha tovlanadi. Sut va doimiy molyar tishlar do`mboqchalarida kichik yoriqchalar va emal to`qimasining siyqalanganligi kuzatiladi. Tishlarda tremalar va giperesteziya sut va doimiy tishlarda bir xil aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling